"Nottingem Forest" yana bir xaridni amalga oshirishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, "Liverpul" tarbiyalanuvchisi Neko Uilyams APL debyutantlari safiga yo‘l oladi.
U bugun, yakshanba kuni yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. "Liverpul" ushbu transferdan 16 million funt foyda ko‘radi. 21 yoshli himoyachi "Nottingem"ning yozdagi beshinchi xaridiga aylanadi.