Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Nahotki! Ronalduning agenti "PSJ" bilan muzokaralar olib bormoqda

Nahotki! Ronalduning agenti "PSJ" bilan muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+1 | -1

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini "PSJ"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Pedro Almeyda o‘zining Twitter sahifasida.

Manbaga ko‘ra, Fransiya klubi futbol maslahatchisi Luis Kampos Ronalduning agenti Jorje Mendez bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.

Oldinroq Ronaldu jamoa bilan Tailandga mavsumoldi turnega uchmasligi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, portugaliyalik hujumchi “Manchester Yunayted”ning bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.

Ronaldu “Manchester Yunayted”da 2021 yildan buyon to‘p tepadi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Krishtianu o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 08:00, 10.07.2022.
O'qildi: 8943 marta.
Fikrlar: 45 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик