Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Suhrob Berdiyev "Andijon" safiga qo‘shildi

Suhrob Berdiyev "Andijon" safiga qo‘shildi

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi yozgi yig‘inini davom ettirmoqda. Shu bilan birga seleksiya ishlari ham olib borilyapti.

Tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida tarkibga hujumkor futbolchi – Suhrob Berdiyev qo‘shilganini ma’lum qilamiz.

Ushbu o‘yinchi joriy mavsumning dastlabki qismini “Yangiyer” safida o‘tkazgan bo‘lib, 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi guruh bahslarida 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Berdiyev faoliyati mobaynida AGMK, “So‘g‘diyona”, Sho‘rtan”, “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912” kabi klublarda ham samarali tarzda to‘p surgan.

Ayni chog‘da jamoada seleksiya ishlari davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Andijon” yozgi yig‘in doirasida dastlabki nazorat uchrashuvini Olmaliqda AGMKga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:10, 11.07.2022.
O'qildi: 2172 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик