Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Davron Fayziyev: "Jamoaning maqsadi o‘zgarmaydi"

Davron Fayziyev: "Jamoaning maqsadi o‘zgarmaydi"

Baho:
+ | -

Yaqinda “Qo‘qon-1912” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Davron Fayziyev, klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-Davron Oripovich jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz.

- Assalomu alaykum, tabrik uchun rahmat. Jamoa rahbariyatining qaroriga ko‘ra jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandim. Bilasiz bunga qadar jamoadan Baxtiyor Ashurmatovga yordam berib kelayotgandim. Baxtiyor A’zamovich jamoani tark etgach, jamoani boshqarish vazifasi menga yuklatildi. Jamoada hamma futbolchilar hamda xodimlar bilan shu kunga qadar birga ishlab kelayotganimiz uchun ishga kirishib ketishda muammo bo‘lgani yo‘q, xuddi avvalgidek ishlashda davom etyapmiz. Farqi shuki bundan buyog‘iga katta ma’suliyat bo‘ynimizda va jamoaning natijalariga bevosita javob beraman. To‘g‘ri hozirgi vaziyatda turnir jadvalidagi xolatimiz ko‘ngildagidek emas. Lekin hali barchasi o‘z qo‘limizda, vaziyatni o‘nglash imkonimiz bor, demak bundan buyog‘iga bo‘sh kelmasdan astoydil ishlashimiz kerak bo‘ladi.

- Jamoa rahbariyati sizga qanday maqsad va vazifalarni yukladi ?

- Jamoamizning yil boshidagi maqsadi o‘zgarmaydi. Chiroyli futbol ko‘rsatib muxlislarimizni xursand qilish. Albatta turnir jadvalida o‘tgan yilgidan ko‘ra yuqori bo‘lgan o‘rinni egallash. Ichki imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalangan holda asta-sekin jamoani yoshartirish. Kelgusida mavsumga bu yildan tayyorgarlik ko‘rib borgan holda, keyingi yilda oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yish yo‘lida ish olib boramiz.

- Jamoa murabbiylar shtabida hamda futbolchilar tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

- Murabbiylar shtabida hozircha Xislat Chilmatov hamda Islomjon Musulmonovlar yordam berib turishibdi. Shtabimizni mahalliy murabbiylar hisobiga to‘ldirish maqsadimiz bor. Muhsin Nizomiddinov hamda Aziz To‘xtaboyevlarni asosiy tarkibga jalb qilmoqchimiz.
Futbolchilarga to‘xtaladigan bo‘lsam, albatta o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin u qadar katta emas. Chunki reglamentga binoan bor yo‘g‘i 5 ta futbolchini tarkibga jalb etish imkoniyatiga egamiz. Eng birinchi navbatda hujum chizig‘ini kuchaytirishimiz lozim. Hozirgi kunda ikki nafar hujumchi jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilingan, bittasi muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan Shohnazar Norbekov hamda bir nafar nigeriyalik legioner hujumchi Longji Song ni mashg‘ulotlarga jalb qildik. Toshkentdagi yig‘in davomida bu hujumchilarni tarkibda qolish qolmasligi haqida so‘nggi qarorga kelamiz. Jarohati sabab 1-davrani o‘tkazib yuborgan hujumchimiz Xamiddilo Abduxamidov ham mashg‘ulotlarga qo‘shilgan. Himoya va yarim himoya chizig‘imizga ham yangi futbolchilar jalb qilish rejamizda bor , seleksiya ishlari davom etmoqda.

- 2-davraga tayyorgarlik rejasi haqida gapirib bersangiz

- Ikkinchi davraga tayyorgarlikni 10 iyul kunidan boshlaganmiz. 23 iyulga qadar Do‘rmon posyolkasida mashg‘ulotlarni olib boramiz. Bu yig‘in davomida ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazishni reja qilganmiz. Dastlabkisi Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi, 18 iyul kuni o‘tkaziladi. Yig‘in so‘nggida esa yana bir nazorat uchrashuvini o‘tkazamiz va futbolchilarga qisqa muddatli hordiq beramiz. Undan so‘ng Qo‘qon shahridagi qarorgohimizda to‘planib , ikkinchi davraning birinchi turi doirasidagi “Neftchi”ga qarshi “derbi”ga hozirlik ko‘ramiz. Qo‘qondagi yig‘in davomida ham bitta o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish rejamizda bor va bu o‘yinni tashkil etish uchun mutaxassislarimiz ish olib borishmoqda.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:41, 12.07.2022.
O'qildi: 1641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.