"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte Risharlisonning yangi o‘yinini yuqori baholadi.
“U uchala pozisiyada ham o‘ynay oladi. U jismonan kuchli va yaxshi xarakterga ega. Biz u bilan taktik jihatlar ustida ishlayapmiz, chunki izning g‘oyamizni, shuningdek, jismoniy holatimizni tushunishi kerak", — dedi Konte.
Risharlison London klubiga shu yozda “Everton”dan kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda futbolchi APLda 30ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi.