Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Rasman! Jasur Yaxshiboyev - "Navbahor" futbolchisi

Rasman! Jasur Yaxshiboyev - "Navbahor" futbolchisi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan "Navbahor" tarkibiga mahoratli hujumchi Jasur Yaxshiboyev qo‘shildi.

Yaxshiboyev 1997 yil, 24 iyunda Toshkent viloyatining Chinoz shahrida tug‘ilgan, ya’ni, yaqinda 25 yoshga to‘ldi.
Jasur Yaxshiboyev katta futboldagi faoliyatini 2016 yili “Paxtakor”da boshlagan. Poytaxtliklar tarkibida 2019 yilning yarmigacha to‘p tepgan futbolchi o‘sha yilning 2-davrasini Olmaliqning AGMK jamoasida o‘tkazadi. Shundan so‘ng, hujumchi faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Yaxshiboyev 2020 yilgi mavsumni Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk, 1-davra), “Shaxtyor” (Soligorsk) jamoalarida o‘tkazadi. So‘ngra faoliyatini Polshaning “Legiya” (Varshava, 2021 yilning 1-davrasi), Moldovaning “Sherif” (Tiraspol, 2021 yilning 2-davrasi, 2022 yilning 1-davrasi) jamoalarida davom ettirgan Jasur Yaxshiboyev o‘tgan yilning kuzida “Sherif” tarkibida Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi bahslarida Madriddagi mashhur “Santyago Bernabeu” stadionida taniqli darvozabon Tibo Kurtuani dog‘da qoldirib, “Real” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgan va o‘sha o‘yinda tiraspolliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

“Sherif”dan so‘ng, “Legiya”ga yo‘l olgan mahoratli hujumchi bir necha kun oldin polshaliklar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, yurtimizga qaytishga qaror qildi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:40, 16.07.2022.
O'qildi: 5924 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик