Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Paxtakor - o‘zbek futbolining eng nomdor klubi". Maksim Shatskix bilan suhbat

"Paxtakor - o‘zbek futbolining eng nomdor klubi". Maksim Shatskix bilan suhbat

Baho:
+ | -

 

Kiyevning “Dinamo” klubi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

— Avvalo, sizni yangi lavozimga tayinlanganingiz bilan tabriklayman. Bir oydan sal ko‘proq vaqt oldin "Paxtakor"ga sport direktori etib tayinlanganingiz haqida gapirgan edik, shu bilan birga murabbiy sifatida ishlash niyatingiz haqida ham to‘xtalgandik. Yangi lavozimga tayinlanishingizga qanday voqealar ta’sir ko‘rsatdi?

- Rahbariyat qarori. O‘yin, natija, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi ularni qoniqtirmadi.

— Sizdan avvalgi Slavche Voyneski bilan yil oxirigacha shartnoma tuzilgan edi. Jamoa hozirda kuchli 3talikdan joy oldi va chempionlik uchun kurashmoqda. U qanday vazifalarni bajara olmadi?

- Bilishimcha, birinchi qo‘ng‘iroq Chempionlar ligasidagi omadsizlikdan so‘ng bo‘ldi ("Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida olti o‘yinda olti ochko jamg‘arib, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.) Shunday bo‘lsa-da, qandaydir umidlar Chempionlar ligasiga bog‘langan, guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgandi va u yakunlanmadi.

Qolaversa, menimcha, jamoa ichida ham kamchiliklar bor edi, jamoada unchalik normal holat o‘rnatilmagan. Jamoaning jismoniy xolati ham ajoyib emasdi. Bularning barchasi o‘yinga jiddiy ta’sir qilgan.

- Slavche Voineski bilan atigi bir yillik shartnoma bor edi, avvaliga u vaqtinchalik murabbiy sifatida qaralganmi?

- Bu, ehtimol, men uchun savol emas, chunki men buni bilmayman, ular qanday shartnoma imzolagan vaqtinchami yoki vaqtincha emas. Bilishimcha, rahbariyat almashdi va turli savollar tug‘ildi.

Shu sababli klubda va murabbiylar shtabida sekin-asta katta o‘zgarishlar boshlandi, akademiyaga esa klubning barcha tuzilmalari ta’sir o‘tkazmoqda.

- Sport direktorligidan butunlay ketdingizmi? Yoki ikki lavozimda ham ishlaysizmi?

- Vaqtinchalik biz bu lavozimlarga o‘zgartirish kiritmaslikka qaror qildik, hammasi qanday rivojlanishini kuzatishda davom etamiz. Tabiiyki, men oldingi vazifalarni ham bajaraman.

- “Paxtakor” rahbariyati oldingizga qanday vazifalarni qo‘ygan?

- Vazifalar har doim maksimal, xuddi Ukrainadagi "Dinamo" (Kiyev) kabi. "Paxtakor" - o‘zbek futbolining flagmani, eng nomdor klubi, mamlakatning top-klubi, eng buyuk tarixga ega jamoa. Shuning uchun boshqa vazifalar yo‘q edi va bo‘lmaydi ham.

Dastlabki vazifa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish bo‘ladi.

Siz allaqachon mashg‘ulot jarayonini boshladingizmi?

Ha, deyarli bir haftadan beri ishlayapmiz. Pauza bo‘ldi, endi bizda davralar orasida shunday mini yig‘ilish bor. Ikkinchi davraning birinchi o‘yini birinchi avgustda boshlanadi va pauzasiz ikkinchi davrani yakunlaymiz.

- Tushunishimcha, transfer oynasi hamon ochiq. Ukrainadan kimdir bilan shartnoma imzolashni rejalashtiryapsizmi?

Ha, 31 iyulgacha transfer imkoni bor. Biz barcha futbolchilarni e’tibor bilan kuzatamiz, Ukraina ham bundan mustasno emas. Hozirgi vaziyatda hamma narsa murakkablashmoqda.Kim qayerga ketmoqchi, qo‘shimcha ravishda futbolchilarning sifatiga ham e’tibor qilish kerak.

Shuning uchun biz barcha yo‘nalishlarda ishlaymiz: juda ko‘p takliflar, ko‘plab variantlar bor. Har kuni 20-30 ta nomzodni kuzatishim kerak.

- Murabbiylar shtabingizda hozirda besh nafar (Vitaliy Shpanyuk, Vyacheslav Belyayev, Denis Ivankov, Kamoliddin Tojiyev, Yuriy Siyanov) faoliyat yuritmoqda. O‘zingizga yana yordamchilar  jalb qilasizmi yoki mavsum oxirigacha shu tarkib bilan ishlaysizmi?

- Ishonchim komil emas, ko‘ramiz nima bo‘ladi. Yana bir nechta g‘oyalar bor, ularning amalga oshishini kutamiz.

 

Manba: www.Dynamo.kiev.ua
Kiritildi: 17:21, 17.07.2022.
O'qildi: 3629 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.