Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Maksim Shatskix «Paxtakor»da qanday o‘yin uslubini joriy qilmoqchi ekanini aytdi

Maksim Shatskix «Paxtakor»da qanday o‘yin uslubini joriy qilmoqchi ekanini aytdi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" klubi yangi bosh murabbiyi Maksim Shatskix FootBoom nashri jurnalistiga intervyu berib, jamoasida qanday o‘yin uslubini shakllantirmoqchiligini aytdi.

— Maksim, "Paxtakor"da bosh mruabbiy sifatida ishlash varianti qanday yuzaga keldi? Ushbu taklif ustida ko‘p o‘yladingizmi?
— Bu taklif hayoda kam uchraydigan variantlardan biri bo‘ldi. Shu bois, ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan darhol rozi bo‘ldim.

— Shu paytgacha bosh murabbiy sifatida tajribaga ega emasdingiz. Yangi sinovga tayyor ekaningizni qachon his qildingiz?
— Hamma narsa qachondir birinchi marta ro‘y beradi. Boz ustiga, menda "Dinamo Kiyev" kabi top jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlash tajribasi bor edi. Men murabbiylik kurslarini muvaffaqiyatli tamomladim, diplom oldim, O‘zbekistondagi hayot va mentalitet menga yaxshi tanish. Toshkentda tug‘ilganman, futbolni shu yerda o‘rganishni boshlaganman, 16 yil davomida milliy jamoa sharafini himoya qilganman. Endi esa bu yerda murabiby sifatida o‘zimni ko‘rsatish imkoniyati yuzaga kelganidan juda xursandman. Boshlang‘ich pallada ruhiy qo‘llab-quvvatlashni his qilish muhim ahamiyatga ega.

— Murabbiylar shtabingizda kimlar ishlamoqda?
— Ikki nafar ukrainalik mutaxassislar — Vitaliy Shpanyuk va Vyacheslav Belyayev. Shuningdek, tahlil bo‘yicha mahalliy mutaxassis va yana bir mahalliy murabbiy.

— "Paxtakor" oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
— "Paxtakor" – O‘zbekistonning amaldagi chempioni. Shuning uchun vazifalar eng maksimal qo‘yilgan. Bu klubni Kiyevning "Dinamo"siga o‘xshatish mumkin — milliy chempionatda g‘olib chiqib, Chempionlar ligasida guruhdan chiqish asosiy maqsad bo‘ladi.

— Sizning murabbiylik prinsip va talablaringiz nimadan iborat?
— Birinchi raqam ostida o‘ynash, jamoaviy va qaror qabul qilishda tezlik namoyish etish, to‘pni yo‘qotgan zahoti pressing ishlatgan holda qisqa vaqt ichida uni qaytarib olishga harakat qilish. Murabbiyning ko‘rsatmalariga qat’iy bajarish va o‘yin intizomiga amal qilish.

Mashg‘ulot jarayonida jamoa uchun yangi metod va uslublarni joriy qilamiz. Qiladigan ish ko‘p, ikkinchi davra boshlanishiga esa ko‘p vaqt qolmadi (1 avgust). Shu bois, tayyorgarlikni tezlashtirishga to‘g‘ri keladi.

— "Paxtakor"ga qanday o‘yin uslubini joriy qilmoqchisiz?
— Tajovuzkor o‘yin uslubi ko‘pincha jamoaga g‘alaba keltiradi. Buning uchun futbolchilar yuqorida aytib o‘tgan talablarimga amal qilishi kerak. Har bir o‘yinda g‘alabani ko‘zlagan, aqlli futbolchilardan tashkil topgan va yaxshi shakllangan jamoani ko‘rishni istayman. O‘yinchilarning mahoratini muntazam ravishda oshirib borish, o‘z o‘yinimiz va natijalarimiz bilan muxlislarni quvontirish muhim ahamiyatga ega.

— Qaysi murabbiyga taqlid qilasiz?
— Men mahalliy va xorij futbolini kuzatib boraman, ammo hech kimga taqlid qilmayman. Nusxa ko‘chirish yaxshilikka olib kelmaydi. Har bir jamoada o‘z sharoiti, talablari va imkoniyatlari bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, eng yaxshi narsalarni nazarga olib qo‘yaman. Busiz iloji yo‘q. Axir futbol bir joyda to‘xtab turgani yo‘q. Hech qachon rivojlanishdan to‘xtab qolmaslik kerak.

— "Paxtakor"ni yangi futbolchilar bilan kuchaytirasizmi? Ukrainalik futbolchilarni bu jamoada ko‘rishimiz mumkinmi?
— Tarkibni kuchaytirish kerak, ammo bu yerda legionerlarga limit o‘rnatilgan. Shu bois, xorijlik futbolchilar masalasida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Ko‘p klublarda ukrainalik futbolchilarga talab bor, "Paxtakor" ham bundan mustasno emas. Ammo hozircha aniq familiyalarni aytmayman.

Kiritildi: 11:10, 19.07.2022.
O'qildi: 4021 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.