Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Edin Terzich: «Asosiysi – sifatli futbolni yo‘lga qo‘yish»

Edin Terzich: «Asosiysi – sifatli futbolni yo‘lga qo‘yish»

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya»si avvalgi hafta ko‘plab klublar qatori yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayoniga kirishdi.

Ilk mashg‘ulotlar yakunida OAV vakillari jamoa bosh murabbiyi Edin Terzichni qurshab olishdi. Natijada uning jurnalistlarga ma’lum vaqt ajratishiga to‘g‘ri keldi.

- «Borussiya» nihoyat, yana yig‘ildi, jamoa holati qanday?

- Ha, bugun ilk mashg‘ulotni o‘tash uchun maydonga tushdik, lekin 2 kundan buyon yigitlar bilan birgamiz. Ularga aytadigan gaplar yig‘ilib qolgandi. Jamoa holatiga kelsak, hammasi keyinroq ma’lum bo‘ladi. O‘yinlar boshlansin, futbolchilar chim va to‘pni his qilishsin, shundan so‘ng ko‘ramiz.

- Murabbiylikka qaytishni nechog‘li xohlagandingiz...?

- Ma’lum vaqtdan keyin qizg‘in ish jarayonini qo‘msash - oddiy holat. Lekin yashirmayman, bunchalik tez qaytishni o‘ylamagandim. To‘g‘ri, har daqiqada jamoa boshqaruvini qo‘lga olishga tayyor edim, ammo qayerga chorlashlarini bilmasdim. 

- Xo‘sh, dastlabki rejalar qanday?

- Har doimgidek, avvalo, mustahkam poydevor quyishimiz kerak. Yangi mavsumning noodatiy tomoni shuki, noyabrda katta tanaffus yuzaga keladi. Bu sentyabrdanoq «3 kunda bir o‘yin» ritmiga tushishni talab etadi. Demak, tayyorgarlik jarayonida jismoniy holat ustida jiddiy ishlash kerak. Qisqasi, iyul va avgust oylaridagi har bir kun muhim ahamiyatga ega.

- Futbolchilarning maydonni sog‘inishga ulgurishgani sezildi...

- Ha, ilk mashg‘ulotlarda hammaning ovozi odatdagidan balandroq yangradi. Shu o‘rinda Mateu Morini alohida e’tirof etishim kerak. Shuncha azob-uqubatlardan keyin uning o‘ynashiga ruxsat berishgani - ajoyib. Mateu uzoq vaqt shifoxona, sport zali va muolaja kabinasida qoldi va nihoyat, o‘ziga munosib joy - maydonga qaytdi. Uning uchun juda xursandmiz.

- «Dortmund» muxlislari sizga o‘zgacha hurmat ko‘rsatishmoqda...

- Klub muxlislarini yaxshi bilaman. Bunday jonkuyar fanatlar qarshisida o‘ynash - orzu. Albatta, «Signal Iduna»ni muntazam ravishda, har uch kunda bir marta quvnatishni xohlaymiz.

- Piter Xermanni qanday ko‘ndirdingiz?

- Uni butun Germaniyada yaxshi tanishadi, o‘z ishining chin proffessionali. Xerman yigitlarni ilhomlantirish nuqtai nazaridan juda muhim «figura». Uning tajribasi katta yordam berishiga ishonaman. O‘ylaymanki, Piter maydonda o‘zini qulay his etib, guruhimizni yanada boyitadi.

- Qiziq, Terzich qo‘l ostida qanday futbol ko‘ramiz?

- Sifatli futbol ko‘rsatishning yo‘llari ko‘p. Maydonda yigitlar salohiyatini maksimal darajada ochib berishimiz kerak. Bu yo‘lda bor kuchimizni ishga solamiz. O‘yinning har bir daqiqasiga to‘g‘ri yondashishni o‘rganish muhim. Ishni aynan shundan boshlaymiz…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 23.07.2022.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.