Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Uzr so‘radi va xayrlashdi

Uzr so‘radi va xayrlashdi

Baho:
+ | -

Ikki hafta muqaddam «Ayntraxt» himoyachisi Martin Xintereggerni reaksion siyosatchilar bilan aloqada bo‘lgan paytida tutib oldilar.

Oqi-batda Germaniyada megamojaro yuz berib, klub o‘z reputasiyasiga putur yetmasligi uchun himoyachini sotish harakatini boshlab yubordi.

Aslida Xintereggerni avvalroq sotib yuborishlari ham mumkin edi: may oyi oxirida himoyachi Avstriyaning Kleine Zeitug gazetasiga bergan intervyusida «Ayntraxt» undan forig‘ bo‘lish niyatida ekanligini, ammo o‘zi buni istamasligi, jamoa bilan YECHLda o‘ynamoqchiligini bayon etgandi. Biroq endi 29 yoshli futbolchi faoliyatini yakunladi.

«Futbolni tark etish fikri ilk marta o‘tgan yil kuzida paydo bo‘lgandi. O‘shanda o‘yinimda murakkab davrni boshdan kechirgandim. G‘alabalar yetarli zavq-shavqni bermay qo‘ygan, mag‘lubiyat alami esa ikki baravar oshib ketgandi. YELdagi g‘alaba men uchun dalda bo‘ldi. Lekin negadir xayolimdan bu ikkinchi uyimdagi so‘nggi zafarim, degan o‘y o‘tdi. «Ayntraxt»dagi davrimni mamnuniyat va huzur bilan eslayman. Klubning har bir xizmatchisiga menga bo‘lgan ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirishni istayman. Ayniqsa, meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan mamnunman. Og‘ir damlarda ham ular doimo yonimda bo‘ldilar. Oxirgi haftalarda «Xinti-Kubok» xususida yangiliklar paydo bo‘ldi. Mavzu ko‘lami va muhokamasidan yaqinda xabar topdim. Bu kubokni juda sevaman. Ayrim so‘zlarim muxlislarga og‘ir botgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun ulardan uzr so‘rayman. Yuz bergan voqeadan afsusdaman. Takrorlayman: reaksion, chidab bo‘lmaydigan, insonga xos bo‘lmagan g‘oyalarni qoralayman. Meni yaxshi taniydiganlar buni biladilar. Hozir bu ko‘ngilsizliklardan uzoqlashib, hayotimni yangi yo‘nalishga burib olishim lozim», - deydi Martin.

Odatda, Xinteregger turnirni Germaniyada tashkil etardi. Lekin bu gal «Ayntraxt» YELda g‘olib chiqqach, futbolchi «Xinti-Kubok»ni Avstriyadagi jonajon Karintiya provinsiyasiga ko‘chirgandi. Germaniyalik muxlislarning yo‘l xarajatlarini futbolchi o‘z zimmasiga oldi. Tadbirga bir necha ming kishi kelishini inobatga olib, turli ko‘rgazmalar va konsertlarga mo‘ljallangan qasrni ijaraga oldi. Keyin buning sharafiga Genrix va Elizabet Zikllar bilan suratga tushdi. Ular taniqli siyosatchilar bo‘lib, Genrix Zikl 2021 yilgacha Gras shahar kengashida Avstriyaning ozodlik partiyasi (FPO) vakili sifatida ishlagan, o‘smirlik chog‘ida «Milliy front» nemis neonasist tashkiloti a’zosi edi. 1992 yilda tashkilot faoliyati taqiqlandi.

Genrixning onasi Elizabet Zikl esa 2000 yilda Avstriya ijtimoiy ishlar vaziri lavozimida ishlagan, u ham FPO a’zosi edi. Gap faqat birgalikda tushilgan suratda emas: «Xinti-Kubok» sahifasidagi ma’lumotga ko‘ra, musobaqani Martinning Hinti Event GmbH tizimi tashkil etgan, muassasa Avstriyaning Zirnisa shahrida ro‘yxatdan o‘tgandi. U ikki nafar teng huquqli sheriklar - Martin Xinteregger va Genrix Ziklning 12 ming yevrolik sarmoyalari evaziga joriy etilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Genrix «Xinti-Kubok»ni moliyalashtirar va to‘liq nazorat qilar ekan.

Kubok turnirida frankfurtlik Vega reperining ishtirok etgani ham jurnalist Bonvalotga ma’qul bo‘lmagandi. Chunki u ham «Ayntraxt»dagi reaksion guruh a’zosi edi. Xintenegger uzr so‘radi va Zikllar oilasi bilan aloqani uzdi. To‘satdan boshlangan tergov ishlari Martinni g‘aflatda qoldirgan bo‘lsada, u tezda o‘zini o‘nglab oldi va uzr so‘radi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:46, 26.07.2022.
O'qildi: 3052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.