Angliya Premyer ligasi har mavsum juda ham qiziqarli kurashlar va kutilmagan natijalari bilan muxlislarni xushnud etadi. Tumanli albion futboli so‘nggi yillarda butun dunyo bo‘yicha eng qiziqarlisi bo‘lib qolmoqda. Bunga asosiy sabab albatta, o‘rtameyona jamoalar ham grand klublarga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Umuman olganda o‘tgan mavsum “Vest Xem” yazshi o‘yinlar ko‘rsatdi. Shuningdek, “Lester” yana ertagini boshlab qolishi mumkin. Ular yaxshi natija ko‘rsatsa, muxlislar xayratga tushishmaydi. Ammo bu mavsum grand jamoalar boshini og‘ritadigan klublar ko‘proq. Quyida esa, aynan yaxshi natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, ammo ulardan bunday o‘yinni ko‘pchilik kutmaydigan jamoalar haqida gaplashamiz.
“Brayton”
“Brayton” birinchi o‘rinda e’tirof etilishga yotarlicha sabablar bor. Birinchidan jamoa o‘tgan mavsum juda sifatli va quvnoq futbol namoyish etdi. Ularning o‘yinlari muxlislarni aslo zeriktirmadi. Jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan, Iv Bissumaning klubni tark etishi “chag‘alaklar”ga qimmatga tushishi mumkin. Ammo klubda saviyali futbolchilar yetarlicha topiladi. Uning ustiga ijaradagi futbolchilar jamoaga qaytishdi. Ular orasida Deniz Undav asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek jamoaga yangi kelgan 18 yoshli futbolchi Julio Enkisodan umidlar katta.
Graham Potter 2019 yildan buyon jamoa tarkibini o‘ziga moslashtira oldi. Klubda Robert Sanches asosiy darvozabon bo‘lsa, Levis Dank klub sardori va markiziy himoyadaga katta figura himoblanadi. Mark Kukurelya jamoada qolsa, bu “oq-ko‘klar” uchun katta yutuqdir. Shuningdek, jamoa yulduzlari Paskal Gross, Leandro Trossard va Aleksis Makkalister katta ehtimol bilan bu yil ham jamoada qolishadi.
“Aston Villa”
Grilish ketgach, jamoada bir necha oy qiyinchilik bo‘ldi. Ammo Stiven Jerrard boshqaruvga kelgach, hammasi asta-sekinlik bilan iziga tushmoqda. Jamoa tarkibi kuchayib bormoqda. Jamoaga yangi kelgan, Diyego Karlos himoya markazidagi katta muammolarni bartaraf eta oladigan futbolchi. “Sevilya”da Jyul Kunde bilan tandem hosil qilgan braziliyalikka “sherlar” tarkibida Tayron Mings sherik bo‘ladi. Mings Anliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, qanot himoyasida tajribali Lyuka Din va o‘tgan mavsum kashfiyotlaridan biri Metti Kesh asosiy jamoada o‘ynashi kutilmoqda.
Koutinyo boshchiligidagi yarim himoya ham ancha ishonchli ko‘rinishga kelgan. Uning ustiga markazdagi har bir pozisiya uchun yaxshigina raqobat bor. Jon Makgin, Koutinyo, Leon Beyli, Bertran Traore, Duglas Luis va Jeykob Remzi shu pozisiya egalari hisoblanadi. Aslida bu ro‘yxatni hali davom etkazsa ham bo‘lar edi. Hujumda esa ko‘proq Ings va Uotkins juftligini ko‘rsak ajab emas. Agar jamoa boshqa markaziy hujumchini jamoaga jalb etmasa.
“Nyukasl”
“Nyukasl” Saudiya Arabistoni shaxzodasi qo‘liga o‘tgach, dunyoning eng boy jamoasiga aylangan edi. O‘sha paytlar hamma jamoa juda katta transferlarni amalga oshirishi haqida gapirdi. To‘g‘ri shunday bo‘lishi mumkin, ammo hammasiga vaqt kerak. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “zag‘izg‘onlar” sifatli futbol namoyish etdi va quyi ligaga tushib ketmaydigan bo‘lishdi. Albatta, bunga jamoa amalga oshirgan transferlar ham sabab bo‘ldi.
“Nyukasl” bu mavsumga ham yaxshi hoizrlik ko‘rmoqda. Klubning asosiy transferlari Nik Poup va Sven Botman bo‘ldi. Shuningdek jamoa tarkibida, Kiran Trippie, Bruno Gimaraesh, Alan sen-Maksimen singari yaxshi futbolchilar ham bor. Klub murabbiyi Eddi Xau hali yana bir nechta futbolchilarga qiziqish bildirsa kerak. Tabiiyki jamoa yaxshi transferlarni amalga oshirishi uchun yevrokuboklarda ishtirok etishi kerak. Shunday ekan, so‘zsiz Xau o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ygan. Ularda puldan muammo yo‘q.