Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Erkin agent futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoa

Erkin agent futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoa

Baho:
+ | -

 Iyul oyi boshida ko‘plab top o‘yinchilarning shartnomalari tugadi - biz erkin agent bozoridagi intrigalar haqida gapriyapmiz. Ammo bir oy ichida hamma narsa o‘zgardi.

• Di Mariya va Pogba "Yuve" bilan shartnoma imzolashdi;

• Dibala "Roma" bilan kelishib oldi;

• Dembele va Zlatan "Barsa" va "Milan" bilan qayta shartnoma tuzishdi;

• Kristensen va Kessie - hozir “Barselona”da;

• Eriksen “Manchester Yunayted” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Ammo hozir ham transfer bozori shartnomasi yo‘q top o‘yinchilar bilan to‘la. Ulardan ba’zilari allaqachon yangi kelishuvga yaqin yoki muzokaralar olib bormoqda, boshqalari esa hali ham o‘ziga jamoa izlamoqda.

Biz har bir pozisiya uchun eng ajoyib variantlarni tanladik.

• Loris Karius shu yillar davomida "Liverpul"da edi - garchi u oxirgi marta 2018 yilda jamoada o‘ynagan bo‘lsa-da. Darvozabon sport forasi ustida ishlayotgan bo‘lsa-da, yangi klub haqida mish-mishlar yo‘q.

• Marseloga Turkiya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari klublari qiziqish bildirmoqda, ammo braziliyalikning o‘zi Yevropada qolishni istamoqda. Yevropada variantlar ham bor - masalan, “Lasio”.

• Qishda «Yuventus» va «Barselona» Denayerni sotib olmoqchi ekanini aytishayotgandi, ammo belgiyalik futbolchi erkin agentga aylangach, mish-mishlar barham topdi.

• Serj Oryega "Atletiko", "Galatasaroy" va "Fulxem" qiziqish bildirmoqda, shuning uchun himoyachi hali ham o‘z tanlovini amalga oshirmagan.

• Yangi klub bilan shartgoma imzolashga eng yaqini Sesk Fabregas: Fabrisio Romano ispaniyalikning “Komo” bilan og‘zaki kelishuvga ega ekanligini tasdiqladi.

• Xuan Matada bir nechta takliflar bor: Ispaniyada “Betis” va “Sevilya”dan – shuningdek, “Lids”dan.

• Iyul oyi o‘rtalarida ishonchli insayder Serxio Santos Isko allaqachon "Sevilya"da ekanligini yozgan edi - lekin ikki hafta o‘tsa-da bu mavzuda boshqa yangilik chiqmadi.

• "Borussiya" Belottini Allerning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda, ammo Andrea A Seriyada qolish ehtimoli ko‘proq: Di Marsio "Roma" Belottiga qiziqayotgani haqida yozmoqda.

 

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 14:42, 27.07.2022.
O'qildi: 1692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик