Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

«Arsenal» futbolchisi Tomas Parti jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

«Arsenal» futbolchisi Tomas Parti jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Tomas Parti jinsiy zo‘ravonlik mojarosiga aralashib qoldi, deya xabar beradi Pulse Nigeria.

Ismi oshkor etilishini xohlamagan qiz ijtimoiy tarmoqlarning birida Parti bilan yozishmalarini e’lon qilib, u bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi:

«Tomas Parti — seriyali zo‘ravon, uning omadi kelgan. Chunki Buyuk Britaniya qonunchiligida mahalliy polisiya kuchlariga Buyuk Britaniyadan tashqarida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishiga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlar kiritilishidan 10 kun oldin u meni zo‘rlagan edi.

U meni zo‘rlab, yotoqda hushsiz holda qoldirdi, keyin Ibisadagi ziyofatga ketdi. Qaytgach esa yuzimga qarab kuldi va uni rad eta olmasligimni aytdi».

Shu bilan birga jabrlanuvchi ilgari «Arsenal» futbolchisi bilan munosabatda bo‘lganini tasdiqlab, u yuborgan videoxabarlarni ko‘rsatgan. Qiz voqea bir necha oy oldin sodir bo‘lgani va u boshidan kechirganlarini oshkor qilmagani uchun pul olganini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, u adolat qaror topishiga ishonishini bildirgan. Futbolchi esa o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarga munosabat bildirmayapti.

Avvalroq Partining turmush o‘rtog‘i, marokashlik model Sara Bella ham uni zo‘ravonlikda ayblagan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, bunga Tomas turmush qurish taklifini bermagani sabab bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:12, 29.07.2022.
O'qildi: 3319 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.