Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Alisher To‘xtayev: «Andijon» nihoyatda, aktiv, yuqori darajadagi jamoa ekan»

Alisher To‘xtayev: «Andijon» nihoyatda, aktiv, yuqori darajadagi jamoa ekan»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha Toshkentda Tojikistonning birinchi raqamli klubi – “Istiqlol” pro ligamiz yetakchilaridan biri “Andijon”ga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashdi. Unda qayd etilgan natija esa balki ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘lgandir.

Zero, bungacha “Istiqlol” Superligada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Navbahor” va “Lokomotiv” bilan durang o‘ynagandi. “Andijon” esa xalqaro uchrashuvda chempion jamoa darvozasiga javobsiz uchta golni joylab qo‘ydi. Shunday qilib, tojik yetakchisining yurtimizga yig‘ini nihoyasiga yetdi.

Alisher To‘xtayev boshchiligidagi “Istiqlol”ning “Andijon”ga qarshi o‘yini oldindan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgani rost. Shu sababli uchrashuvni Yuriy Sarkisyan va yana boshqa bir qator mutaxassislar kuzatib borishdi. O‘yindan so‘ng, raqib jamoa bosh murabbiyi Alisher To‘xtayevni suhbatga tortdik.

— Avvalo, “Andijon” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan olgan taassurotlaringiz haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
— O‘yin haqida gapirsam, uchrashuv juda yaxshi o‘tdi. Raqibimiz “Andijon” jamoasi menga juda yoqdi. Nihoyatda, aktiv, yuqori darajadagi jamoa ekan. Birinchi bo‘limda har ikkala klubda golli imkoniyatlar bo‘ldi, bizda yuz foizli vaziyatlar ko‘proq edi. Biroq o‘zimiz yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. To‘g‘risini aytsam, qizil kartochkalar o‘yin tempini sindirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, o‘yin ma’nosi yo‘qoldi. Ikkinchi bo‘limda ham toza golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. Lekin gol ura olmadik. Biz nazorat uchrashuvlari orqali o‘z o‘yinlarimizni ko‘rib olmoqchi edik. “Andijon”da ham shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bu o‘yindagi gollar asosiy rol o‘ynamaydi. O‘yinchilar orasidagi bog‘liqlikni ko‘rmoqchi edik, futbolchilar o‘z pozisiyalarida bo‘lmasa, maqsadga erisha olmaysiz, albatta.

— “Istiqlol” “Navbahor” bilan 1:1, “Lokomotiv”ga qarshi 0:0 hisoblarini qayd etgandi. Lekin uchinchi o‘yinda “Andijon”dan yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldinglar. Bunday natijani kutmaganmidingiz?
— Ha, uchrashuvda bunday hisob qayd etilishini o‘zimiz ham kutmagandik. Lekin biz shunday tartibda ishlashda davom etamiz. Futbolchilarimiz jismoniy yuklamalar olgan holda o‘ynashmoqda. Biz reja bo‘yicha harakatlanamiz.

— Unday bo‘lsa ayting-chi, “Istiqlol”ning “Navbahor” hamda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinlariga nisbatan “Andijon” nimasi bilan farq qildi?
— Bu borada shuni ayta olamanki, “Andijon” klubida bo‘ydor bo‘lgan tajribali futbolchilari bor va ular yakka kurashlarda yutqazishmayapti. Havoda ham, yerda ham yaxshi o‘ynashdi. Qolaversa, standart vaziyatlar, burchak to‘plari hamda aut orqali uyushtirilgan hujumlarda juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lishyapti. Bunday imkoniyatlar hattoki, Superliganing bir nechta klublarida bor xolos.

— Siz o‘yindan avval “Andijon” to‘g‘risida ma’lumotga ega edingizmi?
— Bo‘lmasam-chi! Bu jamoani pro ligada ishtirok etishini bilaman. Bizda klubingiz haqida ma’lumotlar bor. “Andijon” pro ligada peshqadamlardan biri ekanini yaxshi bilamiz.

— Hozirda “Istiqlol”da hali rasman bosh murabbiy sifatida tasdiqlanganingiz yo‘q. Bu ish qachon hal etiladi?
— Men hali bu haqida o‘ylaganim yo‘q. Bosh murabbiylikda qolamanmi yoki yo‘qmi, asosiy yig‘inimizni yakunlab olaylik. Chempionatni boshlab olish asosiy vazifamiz. Hozircha bundan boshqa biror narsa ayta olmayman.

— “Istiqlol”ning sobiq ustozi Vitaliy Levchenkoning “Neftchi” bosh murabbiyi etib tayinlanganiga munosabatingiz qanday bo‘ldi?
— Bu haqida biror nima aytishni istamagan bo‘lardim.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 18:36, 30.07.2022.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.