Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Inter" va Sanches shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi - klub futbolchidan qutulmoqchi

"Inter" va Sanches shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi - klub futbolchidan qutulmoqchi

Baho:
+ | -

Hujumchi Aleksis Sanches yaqin kunlarda “Inter”ni tark etishi mumkin.

Sky Sports Italia xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi "neradzurrilar" bilan shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Tomonlar shartnomani bekor qilish shartlari bo‘yicha hozircha kelisha olishmayapti, ammo muzokaralar davom etmoqda va yaqin kelajakda yechim topilishi mumkin. Sanchesning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Romelu Lukaku qaytganidan so‘ng, "Inter" Sanchesni zaxira o‘yinchisi deb hisoblaydi, chunki jamoada hali ham Lautaro Martines, Edin Jeko va Xoakin Korrea bor. Shuning uchun "Inter" Aleksisdan qutulmoqchi. Klub shundan so‘ng asosiy e’tiborni himoyaga yangi futbolchi sotib olishga qaratmoqchi.

Chililik futbolchiga "Marsel" qiziqish bildirmoqda. Biroq, mumkin bo‘lgan transfer haqida gapirishga hali erta, chunki Sanches bilan shartnoma imzolash uchun fransuz klubi birinchi navbatda hujumkor o‘yinchilardan biri bilan xayrlashishi kerak.

Avvalroq, “Inter” yana bir chililik Arturo Vidal bilan shartnomani bekor qilgandi. U "Flamengo"ga ko‘chib o‘tdi.

Sanches “Inter” safida 2020 yil sentyabridan buyon to‘p tepadi. U klub safida 108 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 23 ta golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 12:11, 02.08.2022.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.