Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Anchelotti: "Bu mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchimiz"

Anchelotti: "Bu mavsumda barcha sovrinlarni yutmoqchimiz"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Ayntraxt"ga qarshi UYEFA Superkubogi o‘yini oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizda "Ayntraxt"dan biroz yomonroq vaziyat bor, chunki mavsum Germaniyada ertaroq boshlanadi, ammo biz baribir g‘alaba qozonish uchun o‘ynaymiz. Biz baxtni hujumda qidiramiz, lekin katta kuchlar bilan himoyalanmaymiz. O‘tgan mavsumdagi g‘alabalar bizni o‘zimizga ishontirdi, ammo endi bor e’tiborni bo‘lajak o‘yinlarga qaratishimiz kerak. Yangi mavsumda oltita sovrin xavf ostida bo‘ladi va biz ularning har biri uchun kurashmoqchimiz.

"Ayntraxt" o‘tgan mavsumda o‘ziga xos ish qildi, chunki ular aniq favorit emas edi. Ular ajoyib o‘yinlar o‘tkazishdi, "Kamp Nou"da "Barselona"ni qarshi hujumlarda mag‘lub etishdi, himoyaga katta e’tibor berishdi va bir bosqichdan ikkinchi bosqichga tez o‘tishdi", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Kiritildi: 13:33, 04.08.2022.
O'qildi: 2360 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик