Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Shaxmat-2022. 8-turdagi raqiblarimiz ma’lum bo‘ldi

Shaxmat-2022. 8-turdagi raqiblarimiz ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat olimpiadasida 7-tur o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Peru ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongach, 12 ochko bilan jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peshqadam Armaniston hisobida esa 13 ochko mavjud.

Terma jamoamiz 8-turda Germaniyaga qarshi bahslarda ishtirok etadigan bo‘ldi. Ushbu jamoa 7-turdan so‘ng 12 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi. Nemislar musobaqada 9-reyting pog‘onasiga ega. Armaniston Hindistonning birinchi jamoasi bilan, AQSH esa mezbonlarning ikkinchi jamoasiga qarshi ertaga dona surishadi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng 45-o‘ringa tushib ketdi. Qizlarimiz ertaga Shimoliy Makedoniyaga qarshi bahslarda ishtirok etishadi. Ushbu jamoa musobaqada 27-pog‘onada saralangan bo‘lib, ayni paytda 71-o‘rinni egallab turibdi.

Ertangi bahslar ham odatdagidek Toshkent vaqti bilan 14:30da start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:20, 05.08.2022.
O'qildi: 2916 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик