Madridning “Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior faoliyatidagi kelgusi rejalari haqida gapirdi.
"Mening rejalarim? Men Chempionlar ligasida besh-olti marta g‘alaba qozonishni istardim. Men "qirollik klubi" tarixidagi eng buyuk futbolchilar ega bo‘lgan natijaga erishmoqchiman", - deb yozadi UEFA rasmiy sayti hujumchining so‘zlarini.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Real" Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi. Bu madridliklar tarixidagi 14-mana shunday sovrindir.