Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

"MYU" Ronaldusiz qolishga tayyormi?

"MYU" Ronaldusiz qolishga tayyormi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu yakshanba kungi 1 tur bahsi oldidan Instagram'dagi sahifasida o‘zini o‘yinga tayyor deb e’lon qilgandi. Shunga qaramay, Erik ten Xag 37 yoshli yulduzni zaxirada qolishga majbur qildi; "MYU" yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Bu voqeadan keyin haqli savol tug‘iladi: xo‘sh, "Manchester Yunayted" Ronaldusiz qolishga tayyormi?

Erik ten Xagning asosiy tarkibning hujumini tashkil qilishi biroz g‘alati edi. Negaki, u Eriksen hamda Fernandeshdan almashib, "yolg‘on to‘qqizlik" hosil qilishda foydalanmoqchi bo‘ldi. Bu juftlik esa birinchi bo‘limda boshini quyi solgancha maydonni tark etdi. Negaki, ularning har ikkisida ham gol urish uchun yetarli imkoniyat bor edi. Xususan, Fernandesh bir necha metrdan to‘pni osmon-u falakka tepgan bo‘lsa, Eriksen uni darvozabonning qo‘liga sovg‘a qildi. Shunday qilib, "MYU"ning 1 turdagi birinchi bo‘limi, biz tarixda ko‘rgan eng yomonlaridan biriga aylandi.

Eriksen hamda Fernandesh o‘ynagan nuqtalarda o‘tgan mavsumda Ronaldu juda katta ishlarni amalga oshira olgandi. Uning yo‘qligi esa hujum deb atalmish chiziqni amalda yo‘qqa chiqardi. Kechagi o‘yinning 52 daqiqasidagina Ronaldu maydonga tushdi va Fredni almashtirdi. Umuman olganda, Erik ten Xagning Ronaldusiz o‘yinni boshlashi, portugaliyalik yulduzni nima uchun jamoadan ketishni istayotganiga mantiqiy javob bo‘la oladi. Lekin bu yerda masalaning boshqa bir tarafi bor. Ronaldu maydonga tushganidan keyin "MYU"ning o‘yinida o‘zgarish yuz berdi: jamoa yaxshiroq, tezroq va tajovuzkorroq harakat qila boshladi. Muxlislar ham Ronalduni maydonda ko‘rib, yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashni boshladi. Qisqa qilib aytganda, butun bir stadionda atmosfera yaxshi tomonga o‘zgardi.

Kechagi o‘yinda Ronalduning jamoaga bo‘lgan ta’siri hamon yuqoriligini bilib olish qiyin emas, albatta. Uning maydondaligi, "MYU" tomonidan yaratilgan xavfli vaziyatlarni ortishida ham o‘z aksini topgandi. Xususan, u bitta aniq uzatma orqali jamoadoshi Reshfordni birga-bir vaziyatga olib chiqdi. Ammo "MYU"ning o‘ninchi raqamli hujumchisi darvozabonni dog‘da qoldirishga ojizlik qildi. To‘g‘ri, keyinchalik u vaziyatda offsayd qayd etildi. Ammo takroriy lavha VAR ishga tushishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, Erik ten Xag Ronaldu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Negaki, uning ta’siri hali ham baland. Usiz "MYU"ni qurishga ancha vaqt ketadi. Ronalduni maydonda bo‘lishi esa, jamoaga uzoq bo‘lmagan motivasiya beradi. Ya’ni, Ronaldusiz "MYU" – ko‘p vaqt qurilishi kerak. U bilan esa klub tizimsiz qolaveradi.

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:34, 08.08.2022.
O'qildi: 8844 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.