Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Kim ko‘proq gol uradi: Holand yoki Nunyes?

Kim ko‘proq gol uradi: Holand yoki Nunyes?

Baho:
+ | -

Holand va Nunyes APLga kelgach, tabiiyki, ularning qaysi biri muvaffaqiyatliroq transfer bo‘lib chiqishi haqida munozaralar yuzaga keldi. Qaysi hujumchi ko‘proq gol urishi mumkinligi, masalan.

Menimcha, Holand ko‘proq gol uradi. Chunki “Manchester Siti”da Aguerodan keyin haqiqiy bombardir yo‘q edi, Sterling ketgach esa, o‘z golini sanab yuradigan yarimhimoyachilar ham qolmadi. Grilish ham, De Bryuyne yoki Foden ham bemalol Holandning gol urishiga o‘ynashlari mumkin. Hatto penaltini ham Holand tepdi-ku... Umuman Holandda Krishtianudan nimadir bor, ikkita gol urib ham, xet-trik qilmaganiga, zaxiraga olinganiga jaxli chiqqani yorqin misol.

Darvin Nunyesda vaziyat boshqacharoq. “Liverpul”da Muhammad Saloh ham bor.  Klopp shogirdlari jamoaviy o‘yin ko‘rsatishsa-da, oldingi chiziqdagi futbolchilarda golga bo‘lgan tashnalik kuchliroq. Darvin o‘z vaziyatlarini izlashi, ko‘p golishi mumkin, ammo xuddi Manchesterdagi Xoland kabi, asosiy hujum quroli bo‘lmaydi. Nunyes jamoasi g‘alabasiga qanday qilib bo‘lsa ham, hissa qo‘shganidan baxtli bo‘ladigan futbolchi. Holand baxtli bo‘lishi uchun jamoasi g‘alabasi kifoya qilmaydi, o‘zi ham gol urishi shart.

Albatta, birining ko‘proq urishi ikkinchisidan ko‘ra foydaliroq bo‘lib chiqqanini anglatmaydi. Jamoaga keltirayotgan foydasi gol bilan o‘lchanmaydi-ku, to‘g‘rimi? Aslida Darvin ancha foydaliroq bo‘lishi, “Liverpul”ni kuchaytirishi mumkin. Hatto birinchi turdagi o‘yinlar ham yuqoridagi farazni ko‘rsatayotgandek – Holand jamoasi yaqqol ustunlik qilgan o‘yindagi gollarni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi, Darvin esa, o‘yinda burilish yasab, qahramonga aylandi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 16:53, 09.08.2022.
O'qildi: 4144 marta.
Fikrlar: 61 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик