Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Anxel Lopes: “Navbahor” juda kuchli jamoa”

Anxel Lopes: “Navbahor” juda kuchli jamoa”

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining mehmonlar  bosh murabbiyi Anxel Lopes qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ispaniyalik mutaxassis o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugun stadionda juda yoqimli atmosfera bo‘ldi. Namanganga birinchi bor kelishim edi, ajoyib muhit va faol muxlislik uchun muxlislardan minnatdorman. 

Bahs borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘yinga tanlagan uslubimizdan kelib chiqib hujum qilishda davom etdik. Hisob 0:0, 1:0, hatto 2:0 vaqtida ham hujumkorlikni to‘xtatmadik. Mezbonlar safida kuchli ijrochilar bor edi, ular mahorat evaziga darvozamizni ishg‘ol etishdi. Ammo, bugun jamoam ko‘rsatgan o‘yindan mamnunman. Bugun yigitlar oxirigacha kurashishdi va bu borada o‘z xarakterlarini ko‘rsata olishdi. Zo‘r o‘yin bo‘ldi, biroq eng achinarlisi, biz hech qanday ochko qo‘lga kirita olmadik.

- Jamoa ko‘rsatgan o‘yinni kuzatib bordik, yomon emas. Biroq vaziyatlarni yakunlashda to‘purar hujumchi yetishmayotgandek. Buni qanday izoxlaysiz?

- Men bunday demagan bo‘lardim. Chunki bugun biz 4-4-2 taktik sxema asosida harakatlandik. Yuqorida aytdim, bugun “Navbahor” safida kuchli futbolchilar harakat qilishdi. Shu bois, hujumlar tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keldik. Shu bois ham o‘yin fonida bizga hujumchi yetishmayotgandek ko‘ringan bo‘lishi mumkin.

- Shuningdek, bugun jamoangizda yetakchi futbolchi yo‘qligi ko‘zga tashlandi...

- Yo‘q, bu fikringizga qo‘shilmayman. Kuzatgan bo‘lsangiz, bugun Bobur Akbarov juda yaxshi harakat qildi, ko‘plab yakkakurashlarda g‘olib chiqdi. Bizda yetakchi futbolchilar borasida muammo yo‘q.

- Yevropalik mutaxassis sifatida “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- “Navbahor” juda kuchli jamoa. Tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar jam bo‘lgan. Ko‘rgan bo‘lsangiz, bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Lekin mezbonlar kichik imkoniyatlarni ham golga aylantira olishdi. Ayniqsa, 10-raqamli futbolchi (Jamshid Iskanderov) menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Shunday davom etsa, albatta chempion bo‘lishi ham mumkin.

- Surxondaryodan ko‘plab nomdor futbolchilar yetishib chiqqan, masalan, Eldor Shomurodov. Siz jamoada hozirgi kunda yoshlarga qanday e’tibor qaratyapsiz va qaysi nomlarni keltira olasiz?

- Surxondaryo futbolida bir qator mahoratli yoshlar bor. Yaqinda Termizga borib, futbol maktabi bilan yaqindan tanishdim. Yosh futbolchilar orasida iqtidorli futbolchilar ko‘p. Shuningdek, “Surxon”ning o‘zida ham bir qator kelajagi porloq yosh futbolchilar yetishib chiqyapti. Jumladan Davron Merganov, Behruz Shaydulov va Nuriddin Hasanovlarni alohida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:28, 12.08.2022.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.