Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«MYU» APLda 30 yil ichida necha bor mavsumni mag‘lubiyat bilan boshlaganini bilasizmi?

«MYU» APLda 30 yil ichida necha bor mavsumni mag‘lubiyat bilan boshlaganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag o‘zining ilk APL mavsumini mag‘lubiyat bilan boshladi. Bu mag‘lubiyat oddiy emasdi. «MYU» o‘z uyida «Brayton»ga yengildi. Quyida ushbu jamoaning qaysi yillarda mavsumni mana shunday mag‘lubiyat bilan boshlagani haqida gaplashamiz.

1992-93 yilgi mavsum

Fergyuson jamoasi o‘tmishda ajoyib o‘yinlar namoyish etgan. Ammo APLning ilk mavsumini mag‘lubiyat bilan boshlagan edi. O‘shanda «qizil iblislar» «Sheffild Yunayted»ga mehmonda 2-1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

1995-96 yilgi mavsum

Ser Aleks Fergyusonning o‘sha paytda o‘ta yosh bo‘lgan jamoasi 1995-96 yilgi mavsum startini «Aston Villa»ga 3-1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan. Keyinchalik, «MYU» o‘sha mavsumda ketma-ket beshta bahsda g‘alaba qozonib, katta burilish qilgan.

2004-2005 yilgi mavsum

Joze Mourinyoning «Chelsi»dagi ilk rasmiy o‘yini juda katta qarama-qarshilik edi. O‘shanda ular, naq quturib turgan «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etgan. O‘yin kichik, 1-0 hisobidagi «MYU»ning mag‘lubiyati bilan yakun topadi. Qayd etib o‘tish kerakki, o‘sha mavsum oxirida Mourinyoning «Chelsi»si, 95 ochko bilan mamlakat chempioniga aylanadi.

2012-2013 yilgi mavsum

Fergyusonning «MYU»dagi so‘nggi mavsumi mag‘lubiyat bilan boshlanadi. O‘shanda jamoa mehmonda «Everton»ga 1-0 hisobida imkoniyatni boy bergan. Shunga qaramay, «qizil iblislar» mavsumni chempionlik bilan yakunlaydi. Yangi hujumchi Van Persi esa may oyiga qadar 26 ta gol urishga erishadi.

2014-15 yilgi mavsum

2013-14 yilda jamoani Devid Moyes boshqaradi. O‘sha mavsum oxirini esa «MYU» 7 o‘rinda tugatadi. Yangi olib kelingan murabbiy Lui van Galga jamoani qayta qurish topshiriladi. Ammo uning shogirdlari 2014 yilning ilk APL bahsida «Suonsi»ga 2-1 hisobida mag‘lub bo‘ladi.

2020-21 yilgi mavsum

Ikki yil oldingi mavsum «Manchester Yunayted» uchun «Kristal Pelas»ga qarshi bahs bilan start oladi. O‘shanda yangi xarid qilingan yarim himoyachi Donni van de Bek o‘zining klubdagi debyut golini urishga erishgan. Biroq, bu yetarli bo‘lmagan. Chunki raqib jamoa bu golga uchta gol bilan javob qaytaradi. Sulsher esa 3-1 hisobidagi mag‘lubiyat g‘ami bilan o‘yinni tugatadi. E’tiborlisi, Sulsher o‘sha mavsumda «Tottenxem»ga o‘z uyida 6-1 hisobida imkoniyatni boy bergandi!

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:06, 13.08.2022.
O'qildi: 4566 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.