Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Savodxon savdogar

Savodxon savdogar

Baho:
+ | -

«Monako» - shonli tarixga ega bo‘lgan klub. U nafaqat yashil maydondagi natijalari, balki oldi-sotdi ilmining tengsiz bilimdoni ekanligi bilan ham dong taratgan.

Monegasklar muntazam ravishda o‘ta manfaatli transferlarni amalga oshirib keladilar. Ular orasida rekord maqomidagi kelishuvlar ham yo‘q emas. Navbatdagi materialimiz knyazlik klubining manfaatli kelishuvlari haqida.

Bernardu SILVA

Qaysi jamoaga sotilgan: «Manchester Siti»ga

Qanday bahoda: 50 mln. yevro

Silva «Monako»da 3 yil to‘p surdi. Avvaliga monegasklar «Benfika» xavbekini ijaraga oldilar, keyin mavsumning qoq yarmida 15,75 mln. yevroga xarid qildilar. 2017 yilning iyulida «Monako» portugaliyalik futbolchini 50 mln.ga «Man.Siti»ga sotib yubordi. Xosep Gvardiolaning e’tibori tufayli «Ittihod»ga yo‘l olgan futbolchi 5 yildan beri samarali to‘p surmoqda. Knyazlik klubiga esa, Bernardu mo‘may daromaddan tashqari, 147ta sermazmun o‘yinlari bilan manfaat keltirdi.

Benjamen MENDI

Qaysi jamoaga sotilgan: «Manchester Siti»ga

Qanday bahoda: 57,5 mln. yevro

Silvaning ortidan Mendi ham Manchesterga ravona bo‘ldi. Farqi, «shaharliklar» fransiyalik futbolchiga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarfladilar. Vaholanki, knyazlik klubi uni 2016 yil yozida 13 mln. yevroga xarid qilgandi. Gvardiola bu gal transferda omadsizlikka uchradi. Benjamen uning jamoasiga foydadan ko‘ra ko‘proq muammolar keltirdi. Qonunga oid kamchiliklari tufayli fransiyalik futbolchi 1 yildan beri maydonga tusha olmayapti. Shu ketishda uning kelajagi porloq himoyachi maqomiga putur yetishi hech gap emas.

Antoni MARSYAL

Qaysi jamoaga sotilgan: «MYU»ga

Qanday bahoda: 60 mln. yevro

Marsyal transferi - «Monako» uchun o‘ta muvaffaqiyatli kelishuv. 2013 yil yozida «Lion» yoshlar jamoasi a’zosini atigi 5 mln.ga xarid qilib, 2 yildan keyin 12 baravar qimmatroqqa pulladilar. Aslida, fransiyalik hujumchi knyazlik klubida biron-bir yumushni do‘ndira olmagandi. «Old Trafford»dagi 8 yillik faoliyatida ham «qizil iblislar»ning to‘purar hujumchisi maqomiga ko‘tarila olmadi. Erik ten Xag bilan hamkorlik - Marsyal uchun so‘nggi imkoniyat. Undan unumli foydalana olmasa, Manchesterni tark etishga majbur bo‘ladi. mankunianlar hozirning o‘zida uning o‘rniga munosib nomzod topishga urinmoqdalar.

Toma LEMAR 

Qaysi jamoaga sotilgan: «Atletiko»ga

Qanday bahoda:72 mln. yevro

«Monako»ning avvalgisidan ham omadliroq oldi-sotdisi. 2015 yilda Lemar 4 mln. yevro evaziga «Kan»dan monegasklar safiga o‘tgandi. 3 yildan keyin knyazliklarga naq 72 mln. yevro daromad keltirdi. Toma so‘nggi mavsumni risoladagidek o‘tkazib, 4ta gol va 5ta samarali uzatmani amalga oshirgan bo‘lsada, ungacha o‘yin amaliyoti va sermahsullik borasida muammolarga duch kelgandi. Lekin baribir, u «Monako»da namoyish etgan yuksak saviyadan ancha yiroq. Shunga qaramasdan, «matraschilar» Lemar bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirish niyatidalar.

Xames RODRIGES

Qaysi jamoaga sotilgan: «Real»ga

Qanday bahoda: 75 mln. yevro

2013 yil yozida «Portu»dan 45 mln. yevroga xarid qilingan Rodriges knyazlik klubida bor-yo‘g‘i 1 mavsum to‘p surdi va Madridga otlandi. «Qirollik klubi»dagi debyutini ko‘tarinki kayfiyatda (13ta gol va 13ta assist) boshlagan kolumbiyalik xavbek keyin negadir sustlashib qoldi. Jamoa Zidan tasarrufiga o‘tgach, Xames uchun omadsizlik davri boshlandi. Hozir u qatarning «Al-Rayyan» jamoasida o‘ynamoqda, lekin Yevropaga qaytish istagini tez-tez takrorlab turadi.

Orelyen TCHUAMENI

Qaysi jamoaga sotilgan: «Real»ga

Qanday bahoda: 80 mln. yevro

Tchuameni transferi «Monako»ning oxirgi kelishuvlaridan biri. «Bordo» xavbekini ular 2020 yil yanvarida 18 «limon» evaziga o‘z saflariga qo‘shib olgandilar. Joriy yil iyunida uni 80 mln.ga xarid qilgan «qirollik klubi» yana 20 mln. bonusga ham va’da berdi. Umuman, madridliklar kelajak uchun ulkan harajatlarni amalga oshirdilar. Mazkur kelishuv o‘zini oqlashi lozim. Tchuameni - barcha fazilatlarga ega bo‘lgan tayanch yarim himoyachisi, Karlo Anchelotti esa, o‘z shogirdlari salohiyatini yuzaga chiqarishni yaxshi biladi.

Kilian MBAPPE

Qaysi jamoaga sotilgan: «PSJ»ga

Qanday bahoda: 180 mln. yevro

Fransiyalik noyob iqtidor sohibi - «Monako» tarixidagi rekord transfer sababchisi. Kilian o‘smirlik davridayoq knyazliklar akademiyasidan joy olgandi. 4 yillik faoliyatdan so‘ng, u poytaxtga avval ijara asosida, keyin chinakam shartnomaga ko‘ra to‘p sura boshladi. Mazkur kelishuv knyazliklar uchun eng qimmat, parijliklar uchun esa 2-o‘rindagi (222 mln.li Neymardan keyin) transferdir.

 

MUHAMMADSODIQ tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:15, 16.08.2022.
O'qildi: 2129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.