Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vanda Nara Ikardi transferini hal qilish uchun Istanbulga yo‘l oldi

Vanda Nara Ikardi transferini hal qilish uchun Istanbulga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Nara navbatdagi muzokaralarni o‘tkazish uchun Istanbulga keldi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, hujumchiga ikki klub - "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda.

Ikardi o‘z faoliyatini qaytadan boshlamoqchi va u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan yaxshi klubga o‘tmoqchi. Shuningdek, u oilasi qulay bo‘ladigan shaharda yashashni xohlaydi.

Asosiy variant dastlab Italiya edi, ammo hozir Mauro boshqa mamlakatlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

"PSJ", avvalroq xabar qilinganidek, argentinalikni o‘z rejalariga kiritmagan.

O‘tgan mavsumda Ikardi Liga 1da 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Kiritildi: 05:17, 19.08.2022.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик