Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Arsenal" va uning atrofidagi fikrlari haqida

"Arsenal" va uning atrofidagi fikrlari haqida

Baho:
+ | -

 "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Pol Merson jamoa hujumchisi Gabriel Martinelli haqida fikr bildirdi. U shunday deydi: "Martinelli juda ham yaxshi futbolchi. Umid qilamanki, u o‘z sport formasida muqim qoladi va o‘yinlarni yondirishda davom etadi. Unda braziliyaliklarga xos hamma narsa mavjud. Agarda Gabriel jarohatlardan holi qolsa, u holda yaqin kelajakda katta yulduzga aylanadi. Albatta, har narsaga vaqt kerak. Hozirga qadar uning o‘yinida faqat o‘sishni guvohi bo‘ldim".

 

"Arsenal" ustozi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Nikolya Pepe kelajagi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi: "Biz kerakli vaqtda, kerakli muloqotni amalga oshira olamiz. Shu sababli katta jamoaga ega bo‘ldik. Bu esa ayrim futbolchilarga jamoadan ketish imkonini beradi. Yoz oxiriga qadar Pepe bilan har narsa sodir bo‘lishi mumkin".

 

So‘nggi xabarlarda "Arsenal" o‘z himoyachisi Vilyam Salibani uzoq muddatlik shartnoma bilan "siylamoqchi" ekani aytiladi. Bu haqida "Express" nashri xabar berdi. Unda shunday deyiladi: "Saliba borasida ko‘p va aralashib ketgan xabarlar mavjud. Ammo ishonchli manbaga ko‘ra, "Arsenal" unga uzoq muddatlik bitim taklif etmoqchi. Hozirda Saliba 2024 yilga qadar shartnomaga ega. Ammo u uchun sobiq jamoalari bo‘lgan "Marsel" hamda "Barselona"ning qiziqish bildirishi, "Arsenal"ni harakatga chorlamoqda".

 

Mikel Arteta jamoa sardori sifatida nima uchun Martin Edegorni tanlagani haqida fikr bildirdi. U shunday deydi: "Uning bizga qo‘shilgan so‘nggi 18 oyi, o‘ta foydali edi. Martinning atrofdagilarga munosabati, muxlislarning unga bo‘lgan fikri va albatta insoniy fazilatlari, bizni shunday qaror qabul qilishga undadi. Edegor klub g‘oyalarini yaxshi tushunadi va to‘p tepish uchun hamma narsaga tayyor".

Murabbiy, shuningdek, muxlislarni hissiyotga berilmaslikka chaqirdi: "Biz yo‘limizda davom etishimiz kerak. Mavsum yaxshi boshlangani, hech narsani anglatmaydi. Endigina ikkita o‘yin o‘tkazdik. Oldimizda esa "Bornmut"ga qarshi o‘ta murakkab bahs kutmoqda. Hamma APLni qanchalik murakkab musobaqa ekanini biladi. Shu sababli bugun har narsa bo‘lishi mumkin. G‘alaba hech kim uchun kafolatlanmagan".

 

Ispaniyalik mutaxassis jamoaning yangi a’zosi Fabiu Viyeyradan nimalar kutayotgani haqida gapirdi. U shunday deydi: "Uning ko‘pvazifaliligi, bizning e’tiborimizni tortgandi. O‘ylaymanki, Fabiu bizga kutgan narsamizni bera oladi. Bunda eng avvalo futbolchining yangi sheriklari bilan qanday ishlashi va ko‘nikishini ko‘rib olish, keyin esa harakat qilish kerak. Men uning jamoamizga kerak futbolchi ekaniga ishonaman". Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" bugun, Toshkent vaqti bilan 21:30da, safarda "Bornmut"ga qarshi maydonga tushadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:54, 20.08.2022.
O'qildi: 1836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.