Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ko‘nya-2021 sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi

Ko‘nya-2021 sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi

Baho:
+ | -

Bugun Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida V Islom birdamligi o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, “Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolangan edi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugun g‘olib va sovrindor sportchilarimizni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, vazirlik, Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati ishtirok etishdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov so‘zga chiqib sportchilarimizni mazkur natija bilan tabrikladi.

Shuningdek, Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov ham qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan sportchilarni tabriklab, keyingi musobaqalarda omad tiladi.

Shundan so‘ng, Turkiyada o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi hamda muzaffar sportchilarimizning g‘alabalari sharafiga osh tortildi.

Eslatib o‘tamiz, V Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. Mazkur musobaqada sportchilarmiz 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu O‘zbekiston sport delegasiyasining kompleks musobaqalardagi eng yuqori natijasi sifatida tarixga kirdi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 18:01, 20.08.2022.
O'qildi: 2097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик