Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Kerjakov: "Andijon" fanatlari O‘zbekistonda 1-o‘rindami? Bu juda zo‘r-ku!"

Aleksandr Kerjakov: "Andijon" fanatlari O‘zbekistonda 1-o‘rindami? Bu juda zo‘r-ku!"

Baho:
+ | -

Asta-sekin “Andijon” klubi haqida xorijda ham tasavvur paydo bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, ko‘zga ko‘ringan futbol mutaxassislarining andijonliklar xususida bildirayotgan fikr va mulohazalari barcha uchun qiziq va muhim.

Rossiyalik taniqli futbolchi va hozirda murabbiylik sohasiga qadam qo‘ygan Aleksandr Kerjakov ham endilikda "Andijon" haqida biladi.

“Andijon” jamoasi haqida eshitish men uchun yoqimli yangilik, bo‘ldi albatta, - deya gap boshladi, Kerjakov. - Jamoani yaqinda muhim o‘yinda g‘alaba qozongani bilan tabriklamoqchiman.

“Paxtakor” va “Bunyodkor”ni o‘zbek futbolidagi grandlar sifatida ko‘pchilik yaxshi biladi. Masalan, Rossiyada ham. “Andijon”ning esa pro ligadan Superligaga ko‘tarilish uchun astoydil kurash olib borayotganini eshitdim va “Andijon”ning muxlislari qanchalik jonkuyar ekanligi borasida biroz tasavvurga ega bo‘ldim. Chunki aynan ishqibozlar sevgan jamoasiga yordam berishlari mumkin.

Fursatdan foydalangan holda “Andijon” klubi va uning muxlislariga omad yor bo‘lishini tilab qolaman.

Shuningdek, muxlislarga klubni har qanday holatda ham yolg‘izlatib qo‘ymaslikni, balki uni doim qo‘llab-quvvatlab kelishlarini aytgan bo‘lardim. Shunda natijalar ham o‘zini kuttirib qo‘ymaydi.

“Andijon” klubi fanatlari O‘zbekistonda birinchi o‘rinda, deysizmi? Bu juda zo‘rku!”, - deydi Aleksandr Kerjakov “Andijon” klubi matbuot xizmatiga.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:10, 21.08.2022.
O'qildi: 4403 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик