Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Reshford "MYU"ni og‘ir vaziyatda tashlab ketmoqchi emas

Reshford "MYU"ni og‘ir vaziyatda tashlab ketmoqchi emas

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoani tark etish niyati yo‘qligini aytdi.

14 avgust kuni 24 yoshli angliyalik futbolchiga "PSJ" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Men "Manchester Yunayted"ga yuz foiz sodiqman, men uchun bu masala hatto muhokama qilinmagan. Vaziyatdan qat’iy nazar o‘zim, oilam, do‘stlarim va muxlislarim uchun borimni berishim kerakligini his qilyapman. Men har doim “Manchester Yunayted”da iloji boricha uzoqroq qolishni, jamoa bilan sovrinlar uchun kurashishni xohlaganman va xohlayman. Umid qilamanki, biz avvalgi darajaga qaytamiz, men buni amalga oshirishga harakat qilaman", - degan Reshford.

Reshford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022/23 yilgi mavsumda forvard jamoaning 2 ta uchrashuvida qatnashib, gol ura olmagan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:36, 22.08.2022.
O'qildi: 2195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик