Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Prevyu. “Olimpik” – “Navbahor”

Prevyu. “Olimpik” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Olimpik” (Toshkent) klubi mehmoni bo‘ladi.

Bo‘lajak raqib borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, “Olimpik” 2021 yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi (O‘FA) tashabbusi bilan 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan tuzildi va o‘tgan mavsumda Pro-ligada ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Superligaga o‘tish bahsida Muborakning “Mash’al” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, joriy mavsumdan Superligada qatnashmoqda.

Ayni paytda “Olimpik” tarkibida 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar to‘p tepishmoqda. Jamoani esa yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Temur Kapadze boshqarmoqda.

“Olimpik” jamoasining chempionatdagi asosiy maqsadi – futbolchilarni shakllantirish, yangi nomlarni kashf qilish, yosh iste’dodlarga zarur o‘yin amaliyotini taqdim etishdan iborat. Rejaga ko‘ra, mazkur jamoa har yili o‘z yosh toifalarida qit’a musobaqalarida ishtirok etib, tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 termasi tarkibi o‘zagini “Olimpik” futbolchilari tashkil etishdi hamda U-23 terma jamoamiz finalga qadar yetib borib, vise-chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada mahoratlarini oshirgan yigitlar 2023-2024 yillarda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Qayd etish joiz, aynan 2001 hamda 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston – U-23 olimpiya termasi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib borsa, yurtimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladi.

“Navbahor” va “Olimpik” jamoalari O‘zbekiston Coca Cola kubogi bahslarida bir marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tgan mavsumda ushbu musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlarida mazkur klublar birgalikda “D” guruhidan joy olishgan hamda 2021 yilning 30 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan bahsda “Navbahor” uchrashuvning 29-daqiqasida Mirzohid G‘ofurov tomonidan urilgan gol hisobiga 1:0 hisobida g‘alaba qozongan hamda jami 9 ochko to‘plagan holda, guruh bosqichi g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘l olgan, “Olimpik” ham 6 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egallab, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi 23 avgust kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Kiritildi: 15:44, 22.08.2022.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.