Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Qatar klublaridagi sharoit a’lo darajada»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Qatar klublaridagi sharoit a’lo darajada»

Baho:
+ | -

«Qizilqum» himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Qatarning «Al-G‘arafa» klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farg‘onalik tajribali futbolchi o‘tgan hafta yangi klubi qarorgohiga yetib bordi va mashg‘ulotlarga kirishdi. Biz futbolchining yangi jamoasidagi taassurotlarini bilish maqsadida u bilan bog‘lanib suhbat uyushtirdik. To‘xtaxo‘jayev Qatardan tushgan taklif atrofidagi voqeliklarga to‘xtalarkan, jamoaga tajribali futbolchi zarurligi uchun bunday tanlov ro‘y berganini takidladi.

- Qatardan tushgan taklif va uning atrofidagi voqeliklardan xabardor bo‘ldik. Aytingchi, mazkur taklifni «Qizilqum» rahbariyati qanday qabul qildi va ketishingizga qanday munosabat bildirishdi?

- Agar yodingizda bo‘lsa Xitoydagi faoliyatim davomida ham bu kabi takliflar bo‘lgan edi, ammo o‘shanda shartnomam borligi bois klubda qolgandim. «Qizilqum»da esa bitimga shunday band kiritilgan ediki, agarda chet eldan taklif tushadigan bo‘lsa o‘zaro kelishilgan holda meni qo‘yib yuborishlari kerak edi. Amalda ham shunday bo‘ldi va klub mutassaddilari barchasini to‘g‘i qabul qilishdi. Buning uchun ularga katta rahmat aytmoqchiman.

- «Al-G‘arafa»da tajribali futbolchiga ehtiyoj sezilgani uchun xizmatingizdan foydalanishni ma’qul ko‘rishganini aytdingiz. Vaholanki, Superliga peshqadamligi uchun kurashayotgan «Qizilqum» uchun ham siz kabi futbolchilar nihoyatda asqotardi...

- Ochig‘i, bunday jamoalardan har doim ham taklif bo‘lavermaydi. Vaziyatni real baholash kerak. «Qizilqum»da esa tajribali o‘yinchilar juda ko‘p. Umid qilamanki ular ko‘zlangan maqsadga erishishadi.

- Qatar yulduzlar ligasida ko‘plab taniqli nomlar faoliyat yuritishi sababli bu chempionat biznikidan obro‘liroq tuyuladi. Bu ikki chempionat orasidagi saviya borasida qanday fikrdasiz?

- Hali o‘yinlarda ishtirok etmadim. Bu savolingizga keyinroq javob bersam ma’qul bo‘lsa kerak. Lekin uchrashuvgacha bo‘lgan tayyorgarliklar bu yerda a’lo darajada. Bizning jamoalarga ham shunday sharoitlar nasib qilsin!

- Yangi jamoangizdagi faoliyatingiz boshlanib, italiyalik mutaxassis qo‘l ostida ilk mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ham ulgurdingiz. Xo‘sh, taassurotlar qanday?

Taassurotlar juda ham iliq. Boz ustiga jamoa bosh murabbiyi bilan kechgan birinchi suhbatdan so‘ng amin bo‘ldimki, murabbiy juda yaxshi inson ekan. Mashg‘ulotlar ko‘tarinki ruhda o‘tayapti.

- Endi siz Superligamiz bahslarini neytral muxlis sifatida kuzatasiz.  Aytingchi, taxminingizcha bu yil chempionlik uchun qaysi jamoaning imkoniyatlari yuqoriroq va qaysi jamoa natijalarini alohida kuzatmoqchisiz?

- Oldindan bir nima deyish qiyin. Chempionatimiz bu yil juda ham qiziq o‘tmoqda. Afsuski, Superliga bahslarini neytral muxlis sifatida kuzata olmayman (kuladi). Sababi sobiq jamoam «Qizilqum»da bir qator do‘stlarim o‘ynashyapti. Qolaversa, «Neftchi» va «Lokomotiv» jamoalari ham men uchun qadr­li bo‘lib qolgan...

- «Al-G‘arafa»dan tushgan taklif kutilmaganda ro‘y berdimi yoki voqealar rivoji shunga qarab ketayotganmidi?

- Kutilmaganda ro‘y berdi desa ham bo‘ladi. Muzokaralar 10 kuncha davom etdi xolos va shu davr ichida barchasini hal qildik.

- «Neftchi» haqida so‘z ochdingiz, ona shahringiz bosh jamoasi qayd etayotgan natijalar borasida qanday fikrdasiz?

- Jamoa deyarli yangitdan tuzildi, qiyin bo‘lishi aniq edi. Lekin «Neftchi»da ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Ularni vaziyatni o‘nglashlariga va kerakli natijaga erishishlariga ishonaman.

X.YUSUPOV suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:30, 22.08.2022.
O'qildi: 2661 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.