"Selta" himoyachisi Xavi Galan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. U chap qanotda Xordi Albaga raqobatchi sifatida klubga taklif etilishi mumkin.
27 ispaniyalikning "Selta" bilan shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi. Transfermarkt uni 12 million yevroga baholagan.













