Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Superkompyuter APLning yangi mavsumi yakunini taxmin qildi – natijalar sizni hayratga soladi!

Superkompyuter APLning yangi mavsumi yakunini taxmin qildi – natijalar sizni hayratga soladi!

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi start olganiga ikki haftadan oshdi. Uch tur davomida biz bir-biridan qiziq voqea va kutilmagan natijalar shohidiga aylandik. Shulardan biri «Manchester Yunayted»ning «Liverpul» ustidan qozongan g‘alabasi edi. Erik ten Xag «MYU» murabbiyi sifatida ilk rasmiy g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ammo uning oldida qiladigan ishlar juda ham ko‘p. Quyida superkompyuter jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib, mavsum yakunini qanday taxmin qilgani haqida gap boradi.

Superkompyuter o‘tgan uch tur natijalariga asoslanib, APLning yakuniy jadvalini namoyish qildi. Ushbu ma’lumotlar SBK data-markazi bergan statistikaga qarab shakllantirilgan. Unda jumladan, «MYU»ning ahvoli ham qayd etilgan bo‘lib, jamoa mavsumni yana oltinchi o‘rinda yakunlashi aytiladi. «Qizil iblislar»ning yuqorisidan «Chelsi», pastidan esa «Nyukasl» joy oladi. Qayd etilishicha, Tomas Tuxel jamoasining joriy holati, yakunda kuchli to‘rttalikka kirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu esa «Chelsi»ni 2018 yildan beri ilk bor YECHL pog‘onasidan tushib qolishini anglatadi. «Aristokratlar» uchinchi turda «Lids Yunayted»dan 3-0 hisobida sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Jamoa 3 ta turda bitta g‘alaba, bitta durang va shuncha mag‘lubiyat qayd etib turibdi.

«Liverpul» ham «Chelsi» kabi, balki undan ham yomonroq ahvolda. Klopp jamoasi birinchi va ikkinchi turda «Fulxem» va «Kristal Pelas» bilan durang qayd etgandi. Uchinchi turning natijasi esa mersisaydliklarni 16 o‘ringa tushirib yubordi. Shunga qaramay, superkompyuter «Liverpul»ning imkoniyatlarini yuqori baholab, jamoani xuddi o‘tgan safargidek «Manchester Siti»dan keyingi o‘rinda mavsumni tugatishini taxmin qilgan.
Pep Gvardiola jamoasi esa yana chempionlik shohsupasiga ko‘tariladi. «Shaharliklar» ustozi jamoani yettinchi marta Angliyada tengsizga aylantirishi aytilgan. «Arsenal» hamda «Tottenxem» kuchli to‘rttalikni yakunlaydi. «To‘pchilar» bunda o‘z mahalliy raqibidan oldinda mavsumni tugatadi. Bu esa 2016-2017 yildan beri ilk bor «Emireyts» stadioniga YECHL qaytishini anglatadi. Klub o‘tgan mavsumda ham bu natijaga o‘ta yaqin kelgandi.

Jadval ostida kutilmagan nom bor. Turnir debyutantlari «Nottingem» hamda «Bornmut» yana Chempionshipga qaytadi va ularga «Everton» hamrohlik qiladi. «Everton» katta tarixga ega bo‘lishiga qaramay, hozirda natijalari yaxshi emas. Frenk Lempard jamoasi 3 ta turda atigi 1 ochko to‘pladi. Shuni ham o‘z uyida, «Nottingem»ga qarshi qo‘lga kiritgandi. Bu esa, superkompyuter liverpulliklarni APLdan tushib ketishini bashorat qilishga majbur qilgan.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:29, 23.08.2022.
O'qildi: 10925 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.