Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Birinchi bo‘limning o‘zida o‘yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik

Birinchi bo‘limning o‘zida o‘yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Davron Fayziyev ishtirok etdi.

— Bugun o‘z xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Kubok o‘yini bitta bahsdan iborat bo‘lganligi uchun bu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Sen gol urmasang, senga urishadi, degan yozilmagan qonun bekorga aytilmaydi. Mezbonlar yaratilgan 3 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalandi. Birinchi bo‘limning o‘zida o‘yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik. “Qizilqum” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Ularga omad tilayman. Shu o‘rinda Qo‘qondan kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

— Davron Oripovich, o‘zingiz aytganingizdek, ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bungacha har o‘yinda gol urib kelayotgan Shoxnazar Norbekov asosiy tarkibdan o‘rin olmadi. Buning sababi nimada?
— “Navbahor” bilan uchrashuvda ikkita hujumchimiz jarohat olib safdan chiqishdi. Hozir bitta hujumchi qoldi. Norbekovni boshidan maydonga tushirmaganimiz bu o‘ziga xos taktik yurish edi. Ro‘ziyev ham, Siddiqov ham hujumda o‘ynay oladi. Agar hujum yo‘q bo‘lganida biz vaziyatlarga ega bo‘lmasdik. Faqat uchrashuv bitta o‘yindan iboratligi uchun biroz taktik yurish qilgandik. Keyingi o‘yinga Norbekovni saqlash va kerakli paytdagina bugun o‘yinga tushirishni rejalagandik. Balki bugungi bahsda natija biz uchun qoniqarli bo‘lib turganida rejamiz bo‘yicha Norbekov umuman maydonga tushmasligi ham mumkin edi. Bu futbol. Unda xatolar bo‘ladi. Xatolar ustida ishlayapmizu, baribir yana o‘sha xatolar takrorlanyapti. Demak, yana ishlashga va xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

— Javohir Siddiqovni o‘yiniga qanday baho berasiz?
— Mag‘lubiyatga uchragandan keyin nima deyish mumkin? Ertadan “Metallurg” bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanadi. Hozir ehtirosli o‘yindan so‘ng bir nima deyish qiyin. Videotakrorni ko‘rgandan keyin baho bersa bo‘ladi. Agar vaziyatlarni sanab bering desangiz, sanab berishim mumkin.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:19, 24.08.2022.
O'qildi: 1249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик