Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Farhod Nishonov: «Yaponiya va Urugvay kabi jamoalarga qarshi o‘ynash foydali bo‘ladi»

Farhod Nishonov: «Yaponiya va Urugvay kabi jamoalarga qarshi o‘ynash foydali bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Ayni paytda Yaponiyadagi turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasining bosh murabbiyi Farhod Nishonov O‘FA rasmiy sahifasiga intervyu berdi:

Adaptasiya haqida
— Adaptasiya jarayonida biroz qiynaldik. Buning sababi, ob-havo bilan bog‘liq. Chunki Yaponiya va O‘zbekiston iqlimi anchagina farq qilar ekan. Bu esa mashg‘ulotlar jarayonida ham biroz sezilmoqda.

Musobaqa tashkilotchiligi
— Sharoitlarga keladigan bo‘lsak, tashkilotchilar barchasini muhayyo qilib berishmoqda. Mashg‘ulot maydonchalarida ham barcha narsa mavjud. Umuman olganda, turnir yaxshi tashkil etilgan. Barcha jamoalar saviyali va kuchli. Avvalgi yillari bizning o‘rnimizga Belgiya va Kolumbiya singari jamoalar qatnashib kelgan.

Raqiblar
— Joriy yilda esa O‘zbekiston va Urugvay yoshlar jamoalari taklif etilgan. Bu albatta yoqimli holat. Raqiblarga ortiqcha ta’rifni keragi yo‘q. Yapon va urugvaylik futbolchilarning nimalarga qodirligini bilamiz. Boisi bu davlatlar jahon futbolida o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. Umuman olganda, bu kabi yuqori saviyali jamoalarga qarshi o‘ynash biz uchun foydali, — dedi bosh murabbiy.

Ma’lumot uchun, vakillarimiz «SBS kubogi»dagi ishtirokini ertaga «Shizuoka» klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv 13:30 da start oladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:05, 24.08.2022.
O'qildi: 1970 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик