Kirish Ro'yxatdan o'tish

Milik "Yuventus"ga transferini yakunlash maqsadida Turinga kelgan

Milik "Yuventus"ga transferini yakunlash maqsadida Turinga kelgan

Baho:
+ | -

Arkadiush Milik "Marsel"dan "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Turin klubi hujumchi transferi shartlarini fransuz tomoni va futbolchining agentlari bilan kelishib oldi. Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" hujumchini 7 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan 1 million yevroga ijaraga oladi.

Futbolchi allaqachon Turinga yetib borgan. Internetda Milikning aeroportdan chiqib ketayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.

Hujumchi 2021 yilning yanvarida "Marsel"ga ko‘chib o‘tgandi. Fransuz jamoasi safida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:12, 25.08.2022.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик