Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

«Nottingem» nima qilyapti o‘zi?

«Nottingem» nima qilyapti o‘zi?

Baho:
+ | -

Joriy transferlar bozorida «Nottingem Forest» oldiga tushadigan jamoaning o‘zi yo‘q - APL debyutanti yaqinda hisob bo‘yicha 16-futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Angliyaning o‘tmishdagi grandlaridan biri bu safar «Vulverxempton» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt­ga ega bo‘lish yo‘lida transferlar bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Joriy yoz ikkinchi marta! «Nottingem» iyun oyida Tayvo Avoniyi uchun 18,4 mln. funt to‘lab, uni klub tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylantirgandi. 22 yoshli Gibbs-Uaytning transfer summasi esa 42,5 mln. funt (!!!!)gacha yetishi mumkin.

16 nafar yangi futbolchi uchun deyarli 150 million funt - APLga 23 yillik tanaffusdan keyin qaytgan «Nottingem Forest» futbol bozorida o‘zini bilmay qoldi, shekilli. Har holda, kamtarin jamoa APL tarixidagi eng katta xaridlar to‘plamini amalga oshirdi. 16 nafar yangi ijrochi - bu butun bir jamoa! Qolaversa, «Forest» shu bilan to‘xtamoqchi ham emas. Umuman, debyutant joriy yoz deyarli 150 million funt sarflashga ulgurdi. APL tarixida hali biror debyutant bu qadar katta xarajatga qo‘l urgan emasdi. Deylik, «Aston Villa» mavsum-2019|2020 oldidan yangi futbolchilar uchun 133,7 million funtdan ko‘proq ajratgan edi. Avvalgi mavsumlarga qarasak, Chempionshipdan ko‘tarilgan jamoalarning bunday kuchli transferlar kampaniyasi aytarli natija keltirgan emas. 

*** «Aston Villa» mavsum-2019|2020ni 17-o‘rinda yakunladi. Birmingemliklarni quyiga tushib ketgan «Bornmut» va «Uotford»dan atigi 1 ochko ajratib qoldi. O‘shanda jamoa 133,7 million funt evaziga APLda 35 ochko to‘pladi.

*** «Fulxem»ga mavsum-2018|2019 oldidan transferlar bozorida ko‘rsatgan faolligi zarracha naf keltirgani yo‘q. 11 nafar yangi futbolchi xaridiga 100 mln. funtdan ko‘p ajratgan London jamoasi APLda atigi 26 ochko to‘pladi. Buning natijasi - turnir jadvalida 19-o‘rin va Chempionship yo‘llanmasi.

*** «Lids» mavsum-2020|2021ga tayyorgarlik jarayonida 96 mln. funt bahridan voz kechdi. Muhimi, Marselo Byelsa drujinasi APLda debyutni munosib o‘tkazdi. Lekin ayrim transferlar klub uchun katta zarar keltirdi. Deylik, 16 mln. funtga xarid qilingan Elder Koshta Yaqin Sharqqa yo‘l oldi - tekin transfer. Ikkinchi tomondan, «Lids» o‘sha vaqt 17 million funtga sotib olingan Rafinya uchun yaqinda «Barselona»dan 52 «limon» undirdi. 

*** «Vulverxempton» APLga chiqqani hamono Portugaliya diasporasi tufayli o‘zini tutib oldi. Qolaversa, asosan ustamon agent Jorje Mendesh vositachiligida sarflangan 82 «limon» ko‘p karra oqlandi. Misol uchun, «bo‘rilar» birgina Jota transferi uchun 40 million funtdan ko‘p olishdi.

*** «Norvich» o‘tgan yili 10 nafar yangi futbolchi uchun 57,65 million funt sarfladi, biroq bu klubga yordam bergani yo‘q - 20-o‘rin, Daniel Farkening iste’fosi, 38ta turda 26ta mag‘lubiyat...

«Nottingem»ning 16ta transferi - bu noyob voqelik, albatta. Xo‘sh, gresiyalik milliarder Yevangelos Marinakis («Forest»dan tashqari, «Olimpiakos»ga ham egalik qilayotgan biznesmenning boyligi 500 mln. funtga baholanmoqda) ajratgan chamasi 150 «limon» kimlarning transferiga ketdi? 

Morgan Gibbs-Uayt (yarim himoyachi) - 42,5 mln. funt

Tayvo Avoniyi (hujumchi) - 18,4 mln. funt

Neko Uilyams (himoyachi) - 18 mln. funt

Emmanuel Denis (hujumchi) - 13,3 mln. funt

Orel Mangalya (yarim himoyachi) - 11 mln. funt

Jyulyan Byankon (himoyachi) - 8,4 mln. funt

Mussa Niakate (himoyachi) - 8,4 mln. funt

Remo Froyler (yarim himoyachi) - 7,6 mln. funt

Omar Richards (himoyachi) - 7,2 mln. funt

Lyuis O~Brayen (yarim himoyachi) - 5 mln. funt

Xarri Toffolo (himoyachi) - 5 mln. funt

Brendon Agilera (yarim himoyachi) - 0,8 mln. funt

Jessi Lingard (yarim himoyachi) - tekin

Sheyxu Kuyate (himoyachi) - tekin

Ueyn Xennessi (darvozabon) - tekin

Din Xenderson (darvozabon) - ijara

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:10, 27.08.2022.
O'qildi: 3213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.