Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Belotti "Torino" muxlislari bilan xayrlashdi. U bugun "Roma" bilan shartnoma imzolaydi

Belotti "Torino" muxlislari bilan xayrlashdi. U bugun "Roma" bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Andrea Belotti “Torino” muxlislari bilan xayrlashdi. 28 yoshli italiyalik "buqalar" tarkibida 7 yilni o‘tkazdi.

Belotti "Torino" safida 251 ta o‘yinda maydonga tushib, 113 ta gol urgan.

Calciomercato xabariga ko‘ra, bugun hujumchi "Roma" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

“Hurmatli “Torino” va klub muxlislari, so‘nggi yetti yil ichida nimalarni boshdan kechirganimizni tasvirlash qiyin. Men bu yerga kelganimda bola edim va klub qadriyatlari bilan o‘sganman.

Menga bo‘lgan muhabbatingizni qaytarish uchun har bir mashg‘ulotda va har bir uchrashuvda bor kuchim bilan harakat qildim. Biz birga azob chekdik va xursand bo‘ldik, men sizga rahmat aytmoqchiman. Bilaman, sukutim sizni xafa qildi va buning uchun meni kechirishingizni so‘rayman, lekin ba’zi vaziyatlar meni bunga majbur qildi.

Yillar davomida borimni berganimni bilib, endi erkak va ota sifatida ketyapman. Bu xayrlashuv emas, chunki "Torino" har doim mening uyim bo‘lib qoladi. Hammasi uchun rahmat”, — deb yozdi Belotti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Hujumchi o‘tgan mavsumda "Torino" safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U Turin klubini erkin agent sifatida tark etdi.

Kiritildi: 16:17, 28.08.2022.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик