"Fulxem" "Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvertning transferi shartlarini kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
London klubi 23 yoshli vingerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oladi.
O‘tgan mavsumda Klyuyvert "Roma"dan ijara asosida "Nissa"da o‘ynadi. Hujumchi fransuz klubi tarkibida 31 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt.com portali futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jastin "Ayaks", "Barselona" va Niderlandiya terma jamoasining mashhur sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvertning o‘g‘lidir.













