Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

"Manchester Yunayted"ning intrigali to‘rt transfer rejasi!

"Manchester Yunayted"ning intrigali to‘rt transfer rejasi!

Baho:
+ | -

Yevropada yozgi transferlar oynasi 1 sentyabr, payshanba kuni yopiladi, "Manchester Yunayted" bozorda biroz shov-shuv ko‘tarishni rejalashtirayotgan ko‘rinadi. Qolgan to‘rt kun ichida "qizil iblislar" ikki futbolchi bilan xayrlashishi, shuningdek, ikkita yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Antonini sotib olish

100 million yevroga 22 yoshli futbolchini sotib olish, bu katta tavakkal deganidir. Niderlandiya futboli tarixida Antoni eng katta xaridga aylangan braziliyalik futbolchi bo‘ldi. U 2020 yilda Yevropaga yo‘l olgandi. Antoni uchun "Manchester Siti" hamda "Everton" o‘sha paytda kuchli qiziqish bildirgan. Ammo u "Ayaks"ni tanlaydi. Bugun esa u o‘z ustozi Erik ten Xag hamda jamoadoshi Lisandro Martinesning oldiga yo‘l oldi. Umuman olganda, bu yozdagi transfer "Ayaks" uchun ajoyib kechdi. Klub bir nechta futbolchisini jami 193 million funtga sotdi. Birgina "MYU"ning o‘zi ularga Martines hamda Antoni uchun 140 million funt to‘lab berdi. 

Krishtianu Ronalduning ketishi

Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh mijozi uchun yangi klub izlamoqchi. Ten Xag portugaliyalikni qo‘yib yuborishga tayyor ko‘rinadi, shuning uchun Krishtianu transfer oynasi yopilguncha Manchesterni tark etishi mumkin.

Yarim himoyada kutilmagan yuksalish

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Kazemiro xarid qilinganidan so‘ng "qizil iblislar" yarim himoya chizig‘ini yanada kuchaytirmoqchi. Frenki de Yong bilan kelishuv amalga oshmasa kerak, ammo "Yunayted" hali ham yangi yarim himoyachi qidirmoqda.

Van-Bissakaning "Kristal Pelas"ga qaytishi

Diogo Dalot o‘zini Ten Xagning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi sifatida ko‘rsatdi, Aaron Van-Bissaka esa bu mavsumda maydonda atigi 4 daqiqa o‘ynadi. Bunday uyg‘unlik yuqori ambisiyali futbolchiga mos kelishi dargumon. O‘yin vaqtini qidirib, Aaron "Kristal Pelas"ga qaytishi mumkin, ehtimol bunday transfer Van-Bisaka uchun faoliyatini davom ettirish uchun eng yaxshi variant bo‘ladi.

Kiritildi: 23:30, 30.08.2022.
O'qildi: 5933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик