Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: "Andijon" bemalol Superligada o‘ynay oladi"

Mirjalol Qosimov: "Andijon" bemalol Superligada o‘ynay oladi"

Baho:
+ | -

“Andijon” – AGMK (0:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.

— O‘yin yaxshi bo‘ldi. Maqsadimizga erishdik. Yarim finalga chiqish niyatimiz edi, buni uddaladik. Albatta, qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Jangovar bo‘ldi. Bu nolish emas, shunchaki taklif, negaki federasiya ham futbolchilarga imkon qadar sharoit yaratib berish uchun maydon sifatiga e’tibor qaratyapti. Lekin “Andijon” jamoasi ham bekorga 1-o‘rinda ketmayapti. Qolaversa, yaxshi o‘yinchilar yig‘ilgan. Bemalol Superligada o‘ynay oladi. Albatta, bu maydon futbolning tezligini ham yo‘qotadi. O‘yinchilarga qarshi kurash va qolaversa maydonga qarshi kurash ham biroz og‘ir kechdi. Viktor Kumikovni uslubini bilamiz. Yoshlikdan u bilan birga ishlaganman. 2006 yoki 2007 yili murabbiy sifatida uning qo‘lida ham tahsil olganman. Ko‘proq e’tibor standartlarga qaratiladi. Jamoada yig‘ilgan o‘yinchilar ham ko‘rinib turibdi. Yaxshiki, Alisherni tushirmadim. Agar tushirganimda Milichdan uch barobar katta bo‘lardida. “Andijon” ko‘p standartlarga urg‘u qaratdi. “Sho‘rtan”ga qarshi ikkala golni ham standartdan urgan. Shuning uchun ham oson kechmadi. Ammo oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishdik.

— Pro liga bilan Superliga o‘rtasidagi farqni sezdingizmi?
— O‘zi vodiyda oson emas. “Andijon”ni bekorga 1-o‘rinda ketayotganini aytmadim. Jamoaning oldiga qo‘ygan maqsadi bor. Keyingi o‘yinlarda “Andijon”ga omad tilab qolaman. Bemalol o‘ynay oladi.

— AGMK har ikkala bo‘limning 20 daqiqasida bosim ostida o‘ynagandek bo‘ldi. Sarosima ko‘zga tashlandi...
— Bu sarosima emas. Bu normal. Uzun paslar, yuqoridan to‘p oshirishlar...Bu haqida yigitlarga aytib o‘tdim. Bizni ham to‘p bilan muomala qilishimiz boshqacha. Lekin maydon sifati talabga javob bermaydi. Bu sarosima emas, yaxshi kurash bo‘ldi. Bu futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Nimadan qo‘rqish kerak? Qo‘rqsa umuman maydonga chiqish kerak emas.

— Jamoa sardori Sanjar Tursunovni muxlislar tomon harakatiga munosabatingiz qanday?
— Normal holat. Sizni haqorat qilsa, siz nima deysiz? U nima dedi? So‘kkaniga uyat dedi, bo‘ldi. Kelinglar, pashshadan fil yasamaylik. Shunchaki uni so‘kkanidan keyin uyat dedi, men shunday tushundim. Nimadir ko‘rsatdimi, nima yomon narsa ko‘rsatdimi? Biz muxlislar uchun o‘ynaymiz. Yomon narsa ko‘rsatgani yo‘q. Boshqa gapim yo‘q. Agar yomon narsa ko‘rsatganida o‘zim uzr so‘rardim, muxlislardan. Bitta muxlis kelsa, o‘sha muxlis uchun o‘ynaymiz. Shuni esingizdan chiqarmang.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:26, 03.09.2022.
O'qildi: 1611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.