"Manchester Siti" pleymeykeri Kevin de Bryuyne Chempionlar ligasi guruh bosqichining "Sevilya"ga qarshi o‘yinida (4:0) hujumchi Erling Xoland bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi.
“Men o‘z ishimni bajaraman – men ko‘p harakat qilaman va jamoadoshlarim uchun golli vaziyatlar yarataman. Xolandning uzatmasini topishim mumkinligini bilaman. Erling ko‘p gol uradi va g‘alaba qozonishimizga yordam beradi. U "Siti"ga yaxshi moslashdi. Agar u bizning o‘yin uslubimizga to‘liq moslashsa, u faqat olg‘a boradi", - deydi belgiyalik yarim himoyachi.