Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tuxelning iste’fosining asosiy sababi Ronaldumi?

Tuxelning iste’fosining asosiy sababi Ronaldumi?

Baho:
+ | -

Tomas Tuxelning "Chelsi"dan chetlatilishiga uning Krishtianu Ronalduga nisbatan pozisiyasi sabab bo‘lgan.

The Telegraph nashrining yozishicha, Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ehtimoliy transferi muhokama qilinar ekan, Tuxel va klub xo‘jayini Todd Boelining qarashlari qanchalik farq qilishi aniq bo‘ldi.

Boeli Tuxelning Ronaldu bilan shartnoma imzolash taklifini qat’iyan rad etganidan qoniqmadi. Nemis nega portugaliyalikni jamoada ko‘rishni istamaganini tushuntirishi kerakligidan g‘azablandi.

Qolaversa, Tuxel transfer oynasi vaqtida klub unga yuklagan qo‘shimcha mas’uliyatni yoqtirmasligini aniq aytdi. "Chelsi"ning egalari Boeli va Klerleyk murabbiyga transfer qarorlarini qabul qilishda ko‘proq erkinlik berishdi.

Petr Chex klubni tark etgach, Tuxelning hafsalasi pir bo‘ldi va shanba kuni murabbiy "Chelsi" rahbarlariga sport direktorini tanlashda ishtirok etmasligini aytdi.

Avvalroq Tuxelning "Chelsi"dan chetlatilishiga jamoaning natijalari sabab bo‘lmagani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 17:24, 07.09.2022.
O'qildi: 10696 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.