Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks - Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal - Qayrat
29/01 01:00 Monako - Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao - Sporting
29/01 01:00 Atletiko - Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer - Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D - Inter
29/01 01:00 Bryugge - Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F - Tottenhem
29/01 01:00 Barselona - Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul - Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti - Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos - Slaviya
29/01 01:00 PSJ - Nyukasl
29/01 01:00 PSV - Bavariya
29/01 01:00 Benfika - Real Madrid
29/01 01:00 Napoli - Chelsi
29/01 01:00 Yunion - Atalanta

Levandovski "Bavariya"dan ko‘ra "Barsa"da yaxshiroq o‘ynayapti!

Levandovski "Bavariya"dan ko‘ra "Barsa"da yaxshiroq o‘ynayapti!

Baho:
+ | -

Bugun, 13 sentyabr kuni “Bavariya” Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida “Barselona”ni qabul qiladi. Bu o‘yinning asosiy intrigasi polshalik hujumchi bilan bog‘liq. Yozda Robertning Germaniyadan Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi transfer oynasining eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi.

Biz uzoq vaqtdan beri Levandovskini gollar urib, statistik rekordlarni yangilashiga o‘rganib qolganmiz. Ammo transfer unga qanday ta’sir qildi? Endi bunga aniqlik kiritamiz.

Transferning Levandovskiga ta’sirini ko‘rsatish uchun keling, uning o‘tgan va joriy mavsumdagi o‘yinlarini solishtirsak. O‘ynagan o‘yinlar soni juda katta farq qilganligi sababli, foizlarni hisobga olamiz.

Levandovskining zarbalari jamoasini almashtirgandan so‘ng aniqroq bo‘lib chiqyapti. O‘tgan mavsumda Robertning 57 foiz urinishlari aniq nishonga yetib borgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 69 foizga yetdi.

Va eng muhimi: Levandovski imkoniyatlarni golga aylantira olyapti. Bu mavsumda Robert vaziyatlarning 45 foizni golga aylantiryapti. O‘tgan mavsumda bu ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etgan edi.

Bu ko‘rsatkichlarning barchasi Levandovskining faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘lib chiqyapti. U hech qachon bunchalik sermahsul bo‘lmagan. Ammo biz butun mavsum davomida u shunday o‘yini saqlab qoladimi yo’qmi bilmaymiz. Biroq hozir bu raqamlar shunchaki hayratlanarli. Robertning gol urish tezligi muqarrar ravishda pasayadi, lekin agar tushish kuchli bo‘lmasa, biz "Barsa" hujumchisidan yana-da ko‘proq gollarni kutmoqda.

Levandovski "Bavariya"dagi ilk mavsumida qanday o‘ynagan edi?

O‘sha paytlarda ham Robert kuchli futbolchi edi, lekin unchalik mashhur hujumchi emas edi. Myunxendagi birinchi mavsumining boshida Levandovski yettita o‘yinda ikkita gol urdi. Keyinchalik nima bo‘lgani esa hammamizga ma’lum.

Lekin hozir Ispaniyada Levandovski yettita o‘yinda 10 ta gol urgan.

Levandovskining "Bavariya" bilan xayrlashuvining murakkab tarixini hisobga olsak, Robert bugungi o‘yinga dahsjatli motivasiya bilan chiqadi, deb taxmin qilish mumkin. Polyak uyga qaytadi, lekin mehmon sifatida. Endi esa uning maqsadi g‘alaba emas, “Bavariya”ning mag‘lubiyati. Bunday Levandovskini to‘xtatish nihoyatda qiyin bo‘ladi.

Nima deb o‘ylaysiz Robert "Bavariya"ga gol uradimi yoki yo‘qmi? Izohlarda fikringizni qoldiring!

Kiritildi: 17:05, 13.09.2022.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.