Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe "Real Madrid" haqida iliq fikr bildirdi

Mbappe "Real Madrid" haqida iliq fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe yana bir bor "Real"ga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

May oyida 23 yoshli fransiyalik futbolchi "qaymoqranglilar" taklifini rad etib, parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishni ma’qul ko‘rdi, bu esa uning Madrid klubi haqida muntazam ravishda o‘ta ijobiy gapirishiga to‘sqinlik qilmaydi.

"Men "Real"dagilar bilan ko‘p yillardan beri gaplashib kelaman. Nazarimda, bu klub bilan o‘zgacha aloqam bor, garchi men bu klubda hech qachon o‘ynamaganman.

Menimcha, "Real Madrid" dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Balki eng yaxshisi. Yana bir bor Madridga eng yaxshi tilaklarimni aytishim mumkin”, - dedi "PSJ" hujumi yetakchisi.

Kiritildi: 09:42, 14.09.2022.
O'qildi: 3830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.