Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Prevyu. “Navbahor” - “Qizilqum”

Prevyu. “Navbahor” - “Qizilqum”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur klublar 45 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 18 marta, “Qizilqum”  esa 14 marta g‘alaba qozongan, 13 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida -  58–47.

O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 67, “Qizilqum” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Namanganliklarning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0 ga teng.

Ushbu klublarning Namanganda bo‘lib o‘tgan 22 ta uchrashuvidan 11 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 7 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan, 4 ta bahsda navoiyliklar g‘alaba qozonishgan.

Namangandagi o‘yinlarda “Navbahor” 35 ta gol urib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Mazkur jamoalarning joriy mavsumning 1-davrasida bo‘lib o‘tgan bahsida jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgandi. “Qizilqum”ning yagona goliga  nigeriyalik hujumchi Seun Paul Komolafe mualliflik qilgan bo‘lsa, “lochinlar”dan to‘plarni Azimjon Ahmedov (penaltidan) va Rustamjon Ashurmatov kiritishgandi.  

Jamoalarning barcha o‘yinlari natijalari quyidagicha ko‘rinishga ega:

2000 yil

“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2

“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:2

2001 yil

“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:0

“Zarafshon” – “Navbahor” – 3:1

2002 yil

“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Zarafshon” – 4:0

2003 yil

“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:2

“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2

2004 yil

“Navbahor” – “Zarafshon” – 5:2

“Zarafshon” – “Navbahor” – 2:2

2005 yil

“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:1

2006 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:0

2007 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:2

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1

2008 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

2009 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

2010 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

2011 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0

2012 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1

2013 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0

2014 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:0

2015 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:2

“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:1

2016 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:2

2017 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:2

2018 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0

“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:0

2019 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:1

2020 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0  

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:2

2021 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0

2022 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvi 16 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:08, 14.09.2022.
O'qildi: 1171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.