Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

"Manchester Siti"dagi "qo‘rqinchli" maoshlar haqida. Arablar kimga qancha bermoqda?

"Manchester Siti"dagi "qo‘rqinchli" maoshlar haqida. Arablar kimga qancha bermoqda?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning muvaffaqiyatlari ortida nima turgani haqida ko‘p gapiriladi. Ammo bu borada birinchi omil sifatida pul masalasini aytishimiz mumkin. Klub yuksalishi, top-jamoaga aylanishi hamda sovrinlar yutishida unga kiritilgan investisiyaning roli beqiyosdir. Quyida "shaharliklar"ning yulduzli tarkibi haftalik qancha maosh olishi haqida gaplashamiz.

Erling Xoland Angliya futbolidagi katta hodisalardan biridir. U "Manchester Siti"ga olib kelindi. Ayni damda APLda norvegiyalikka haftalik 375 ming funt maosh to‘lanmoqda. Shunga yarasha Xoland ligani zabt etishga ulgurdi va to‘purarlar bahsida yetakchilik qila boshladi. 22 yoshli hujumchi jami 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 gol urishga erishdi. Ammo shunday katta figura jamoaning eng kӯp maosh oluvchisi emas. U bu borada ikkinchi o‘rinda. Yetakchilik esa kimga tegishli ekanini quyida bilib olasiz...

Ha, sezib turganingizdek, "shaharliklar" safida Kevin De Bryuyne eng ko‘p maosh bilan ta’minlangan. Jamoa sardori 2021 yilning aprelida haftasiga 400 ming funt maosh berishni ko‘zda tutuvchi shartnomani imzolagan edi. Ushbu ikki "sariq"lardan keyin, uchinchi o‘rinni Jek Grilish egallaydi. O‘tgan mavsum boshida 100 million funtga xarid qilingan futbolchi, haftasiga 300 ming funt maosh oladi. Keyingi pog‘onada Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stounz turadi. Xabarlarga ko‘ra, u 250 ming funt uchun bir hafta davomida jamoada ishlashga kelishib olgan. Beshinchi o‘rinda yarim himoyachi Rodri keltirilgan. U har hafta o‘z uyiga 220 ming funtni olib ketadi.

Yuqorida ko‘rib turganingizdek, "Manchester Siti" futbolchilaridan pulni ayamaydi. Yaqindagina jamoaga kelib qo‘shilgan Manuel Akanji 180 ming funt evaziga "shaharliklar"ga xizmat ko‘rsatadi. Keyingi o‘rinni 160 ming funt bilan Ruben Diash band etgan. Yozgi xaridlardan yana biri bo‘lgan Kalvin Fillips ham ancha katta maoshga ega. Sobiq "Lids" vakili haftasiga 150 ming funt ishlab topadi. Shuningdek, Bernardu Silva ham u bilan teng maoshga ega. O‘tgan mavsumda 38-turda hal qiluvchi golni urib, "shaharliklar"ga titul taqdim etgan Ilkay Gyundogan 140 ming funtni bir haftalik mehnatlari uchun qabul qiladi. Riyad Maxrez hamda Emerik Lyaportlar bir xil, 120 ming funt maosh olishi belgilangan.

Tarkibning qolgan futbolchilarida bu boradagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Kayl Uoker - 110 ming funt / hafta;
Natan Ake - 92 308 funt / hafta;
Joao Kanselu - 80 ming funt / hafta;
Ederson - 65 ming funt / hafta;
Fil Foden - 65 ming funt / hafta;
Stefan Ortega - 55 ming funt / hafta;
Xulian Alvares - 50 ming funt / hafta;
Koul Palmer - 12 462 funt / hafta.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:05, 14.09.2022.
O'qildi: 3773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.