Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Superliga. "Nasaf" - "Qo‘qon-1912". Prevyu

Superliga. "Nasaf" - "Qo‘qon-1912". Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 19-tur doirasidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 16 sentyabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 27 marta to‘qnash kelishgan.

“Nasaf” o‘yinlarning 18 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. To‘rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 49-26 “Nasaf” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Ajdardar” 58 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 19 tani tashkil etadi.

Qarshidagi o‘yinda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z jamoasini maydon chetida turib boshqara olmaydi. 29 avgust kuni Qarshida “Lokomotiv” bilan o‘yindan keyin bosh hakam bilan tortishgani sababli Ro‘ziqul Berdiyev uchta uchrashuvga diskvalifikasiya qilingan. Shuningdek “shunqorlar” tarkibida ham bir nechta yo‘qotishlar bor. Ertaga “markaziy”da bo‘ladigan o‘yin qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tishi shubhasiz.

Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvlar

15.11.2021 Nasaf – Qo‘qon-1912 3:1
31.10. 2020 Nasaf – Qo‘qon-1912 – 1:0
18.05. 2019 Nasaf – Qo‘qon-1912 – 2:0
01. 11. 2018. Nasaf – Qo‘qon-1912 - 1:1
23. 07. 2018. Nasaf – Qo‘qon-1912 - 1:0
06. 08. 2017. Nasaf – Qo‘qon-1912 - 3:0
15. 04. 2016. Nasaf – Qo‘qon-1912 - 1:0
02. 04. 2015. Nasaf – Qo‘qon-1912 - 3:0

Qarshidagi bahsni Ilya Ilin boshqarib boradi

Superliganing 19-tur o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlar hamda rasmiy shaxslar nomi ma’lum bo‘ldi. Qarshi shahridagi “markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadigan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Ilya Ilin boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi. Ilin bu mavsumning 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912"ning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘yini ham boshqarib borgan edi. Yaypanda bo‘lib o‘tgan o‘sha bahsda qo‘qonliklar 1-3 hisobidan imkoniyatni boy berishgan edi.

NASAF — QO‘QON-1912
Qarshi. "Markaziy" stadioni. 16 sentyabr, juma. Soat 18:30
Hakamlar: Ilya Ilin, Rustam Tagayev, Islom Nosirov, Rustam Choriyev
VAR hakami: Akobir Shukurullayev
AVAR hakami: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Sherzod Rajabov

Kiritildi: 10:18, 15.09.2022.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.