Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Manchester Siti” Dortmundning “Borussiya” klubini mag‘lub etgan (2:1) o‘yinidan so‘ng, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida gapirdi.
“U ajoyib futbolchi. O‘ylaymanki, hamma buni allaqachon biladi. Bellingem - yuqori saviyali o‘yinchi", - dedi Gvardiola.
Bellingem Dortmund safida 2020 yilning yozidan buyon to‘p tepadi. Yarim himoyachi joriy mavsumda “Borussiya” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.