Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ten Xag Sanchoni maqtadi

Ten Xag Sanchoni maqtadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Yevropa ligasi doirasidagi "Sherif"ga (2:0) qarshi bahsda Jeydon Sanchoning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Kristian Eriksenning uzatmasidan so‘ng 17-daqiqada ingliz futbolchisi uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi va hisobni ochdi.

Tanaffusga biroz vaqt qolganida Krishtianu Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Jeydon uchun juda xursandman. Yana bir gol va mavsumoldini hisobga oladigan bo‘lsak, uning allaqachon bir nechta gollari bor.

Endi u yaxshi ko‘rinmoqda, lekin menimcha, u rivojlanishda davom etishi kerak, chunki u juda katta mahoratga ega. U ajoyib salohiyatga ega”, - deydi Ten Xag Yevropa Ligasi ikkinchi davrasidagi o‘z jamoasi g‘alabasidan so‘ng.

Kiritildi: 01:00, 16.09.2022.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик