Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sancho jahon chempionatiga bormoqchi

Sancho jahon chempionatiga bormoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Jeydon Sancho hali ham Angliya terma jamoasining JCH-2022 uchun qaydnomasiga kiritilishiga ishonmoqda.

15 sentyabr kuni Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi va 22 yoshli futbolchi terma jamoaga chaqiruv olmadi.

“Ha, 100 foiz, bu mening maqsadlarimdan biri. Qo‘ng‘iroqni olmaganimdan afsusdaman, lekin diqqatimni o‘zimga qaratishda davom etishim kerak. Men har hafta qattiq ishlashga majburman. Men shunday qilaman”, dedi Sancho.

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 23 sentyabr kuni Italiyaga, 26 sentyabr kuni esa Germaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Sancho joriy mavsumda barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Kiritildi: 13:04, 16.09.2022.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.